Asotir
Asotir-qissa, doston, rivoyat.
Asotir-qissa, doston, rivoyat.
Aso-qadimgi va o’rta asrlarda hassa shunday deb atalgan. Muso payg’ambarning qo’lida “aso”si bilan mo’jiza ko’rsatganligi tarixiy manbalardan ma’lum.
Asbobi harb-urush asboblari.
Arg’in-o’zbek millatining tarkibiga qo’shilgan turkiy urug’lardan birining nomi. Bu urug’ning nomi M.Qoshg’ariyning “Devonu lug’at it-turk” asarida tilga olinib, u “arg’u” tarzida berilgan.
Arshakiylar-miloddan avvalgi 250 yildan milodiy 224 yillargacha Parfiyada hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga day qabilasining boshlig’i Arshak asos slogan. Bu davlatga hozirgi Sharqiy Eron va G’arbiy Turkmaniston yerlari tobe bo’lgan. Arshakiylar … Read More
Art-qadimiy geografik atama bo’lib, dovon demakdir. Art atamasi turkiy runiy bitiklarida, M.Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarida uchraydi. Asosan geografik nomlar sifatida qo’llanilgan.
Arroda-o’rta asrlarda ishlatilgan tosh otadigan maxsus qurilma; manjaniq.
Arlot-O’rta Osiyoda yashagan va kelib chiqishi jihatidan mo’g’ul qabilalariga mansub urug’. So’nggi davrda (XIX-XX asrlar) ular o’zlarini o’zbek qabilalari deb hisoblanganlar.
Arkoni davlat-davlat ustunlari; amirlar, vazirlar, ruhoniylar va hokazo.