Akor deganda nima tushuniladi?
Akor-O’rta Osiyoda Temuriylar davlatida suv, bog’, tegirmon, kanal, do’kon, ustaxona va bozorlar kabi ko’chmas mulklar akor deb atalgan. Akor vasiyat bilan vaqfga aylantirilishi mumkin bo’lan.

Akor-O’rta Osiyoda Temuriylar davlatida suv, bog’, tegirmon, kanal, do’kon, ustaxona va bozorlar kabi ko’chmas mulklar akor deb atalgan. Akor vasiyat bilan vaqfga aylantirilishi mumkin bo’lan.
Aymoqlar-hozirgi Afg’onistonda yashovchi bir qanha turkiy qabila va urug’larning umumiy nomi. Aymoqlar XV-XVI asrlarda Farg’ona vodiysida, Qashqadaryo viloyati hududida yashaganlar. Asrlar o’tishi bilan aymoqlar o’zbeklar tarkibiga kirgan, ularning aksariyat qismi … Read More
Akobir-O’rta Osiyo hududida o’rta asrlarda yuqori martabali, davlatmand kishi, ulug’ zotga nisbatan qo’llanilgan atama.
Aymoq-o’rta asr mo’g’ullarida bir hududda yashovchi, bir-biriga qarindosh oilalar birlashmasi aymoq deyilgan. O’rta asrlarda turkiy xalqlarida ham bir necha qabila yoki urug’ birlashmasi aymoq deb atalgan. Bu atama hozir ham … Read More
Ayg’oqchi-o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududlarida asosan harbiy atama sifatida qo’llanilgan bo’lib, qo’shinning ma’lumot olib keluvchi darakchilari hamda qo’shinning darakchi bo’limlari ma’nosida keng qo’llanilgan. Shuningdek, ushbu atamaning yolg’on gap yoyuvchi, ig’vo, … Read More
Azon-Islomda har kuni besh mahal o’qiladigan namoz vaqtini e’lon qilish va unga da’vat qilish. Namozg har bir masjiddda maxsus kishi – muazzin tomonidan azon aytib chaqiriladi.
Az-qadimiy turkiy qabilalardan birining nomi. Ularning asosiy qismi VII-VIII asrlardayoq hozirgi Tuva hududidan Yettisuvga ko’chib kelib o’rnashgan. Yettisuvdagi azlar qozoq, qirg’iz va o’zbek xalqlari tarkibiga singib ketgan.
Ajarchi-to’g’risi g’ajarchi. Lashkarga yo’l ko’rsatib boruvchi.
Ajdod-O’rta Osiyo xalqlarida bobolar degan ma’noda bo’lib, shaxsning ilgari o’tgan ota-bobolarini anglatadi.
Ajam podsholari- arab bo’lmagan mamlakatlar (Eron va boshqalar)ning podsholari.