Asr haqida nimani bilasiz?
Asr (arabcha-davr, vaqt)-yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig’i; masalan, XX asr 1901 yil 1 yanvardan 2000 yil 31 dekabrgacha davrni o’z ichiga oladi.

Asr (arabcha-davr, vaqt)-yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig’i; masalan, XX asr 1901 yil 1 yanvardan 2000 yil 31 dekabrgacha davrni o’z ichiga oladi.
Aslar-skandinav xudolarining asosiy guruhi. Vanlar (kichik hosildorlik xudolari guruhi), yotunlar (bahaybat maxluqlar), alvlar (ruhlar) va quyi ayol ilohalar (dislar, nornlar, valkirilar)ga qarshi qo’yilgan. Aslar tarkibiga Odin, Tor, Nyord, Tyur, Bragi, … Read More
Asklepiy-yunon afsonasida tabobat xudosi, Appolon o’g’li. Asklepiy qadimdan tabiblar va dori-darmon tayyorlovchilarning homiysi hisoblangan. Asklepiy ibodatxonalari shifoxona sifatida dong taratgan. Miloddan avvalgi III asrga kelib Asklepiyga e’tiqod Rimga ham yoyilgan.
Askar-1) davlat va mamlakat muhofazasi yoki harbiy yurishlarda ishtirok etuvchi harbiy xizmatchi, qurolli jangchi; 2) davlatning qurolli kuchlari majmui yoki uning bir qismi; qo’shin. Arab tilining kuchli ta’siriga qaramay, Askar … Read More
Asessor (lotincha assessor-kiyintirilgan, burkangan)-Qadimgi Rim va o’rta asrlar Yevropasida sud hokimiyati berilgan mansabdor shaxs; Rossiyada 8-darajali amaldor (kollej Asessori): markaziy davlat idoralarida (XVIII asr), guberniya boshqarmalari qoshida (XIX-XX asr boshlari).
Asba’ qoima (arabcha-tik turgan barmoq so’zidan olingan), bosh barmoq-uch barmoqqa teng uzunlik o’lchovi. Gazni o’lchashda qo’llaniladi. 1 Asba’ qoima 6,69 santimetrga teng.
Asar (arabcha-iz, xabar ma’nosida)-Muhammad payg’ambar sahobalarining, ularning shogirdlari bo’lmish tobe’inlarning xabarlari, so’zlari hamda fatvolari.
Asas (turkcha)-hukmdor saroyi, qarorgohi yoki lashkargohi posboni, tungi soqchi. Alisher Navoiy asarlarida keng qo’llanilgan.
Arg’adal (turkcha)-qadimgi turkiy xalqlarda, keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida dushmanga qo’qqisdan zarba berish maqsadida askarlar berkinadigan pana joy, pistirma.
Aryergard (fransuzcha arriere-orqaisda, garde-soqchi, qo’riqchi, qorovul)-Yevropa davlatlari armiyalarida harbiy yurish, hujum yoki chekinish vaqtida asosiy kuchlarning ketidan boruvchi va ularning shu tomondan xavfsizligini ta’minlovchi askariy qo’shilma, qism yoki bo’linma. Turkiy … Read More