BALANSOMER

BALANSOMER — yer sirti yoki atmosferadagi istalgan nuqtaning radiasiya (nur) balansini (yutilgan radiatsiya bilan qaytgan radiasiya orasidagi farqni) o’lchaydigan asbob. Balansomerning ko’p xillari bor. Lekin termoelektrik Balansomer ko’proq ishlatiladi. Uning … Read More

BALANSIR

BALANSIR (Fransuzcha balancier — muvozanatlash) —soat mexanizmining yurishini rostlab turadigan moslama; o’qqa mahkamlangan, o’rtasida bellamasi bo’lgan halqalar o’rami.

BALANS

BALANS (lotincha balanx) — biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim bo’lgan tomonlari (mas, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning miqdoriy ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari balansi, … Read More

BALANOFORALAR

BALANOFORALAR (Balanophorales) — ikki pallali o’simliklar tartibi, o’simliklar ildizida parazitlik qiladigan etdor o’tlar. Gullari mayda, bir jinsli yoki poligam, to’shulda joylashgan. Urug’i endospermli. Mevasi yong’oqsimon yoki danaksimon. 2 oplaga bo’linadi. … Read More

BALANOGLOSSLAR

BALANOGLOSSLAR (Balanoglossus) –ichak bilan nafas oluvchilar sinfiga mansub chala xordalilar urug’i. Gavdasi chuvalchangsimon, uchta qismdan — xartum, yoqa va tanadan iborat, uzunligi 2,5 metrga yetadi. Boshlang’ich xordasi va nevroseli bo’ladi, … Read More

BALANIT

BALANIT, balanopostit (Yunoncha balanos — jinsiy olatning bosh qismi; itis; balanoposthitis) — jinsiy olat (zakar) bosh qismi terisi (balanit) va chekka kertmagi ichki qavatining yallig’lanishi (balanopostit). Ko’proq bolalarda olat boshi … Read More

BALANJAR

BALANJAR — shimoliy Kavkazdagi o’rta asr shahri. Shimoliy Dog’istondagi Suloq daryosi bo’yidagi Andreevo (Enderi, Jdere) qishlog’i o’rnida bo’lgan deb taxmin etiladi. Rivoyatga ko’ra, Balanjarga afsonaviy Balanjar ibn Yofas asos solgan. … Read More

BALANDCHAQIR

BALANDCHAQIR — Jizzax viloyatidagi qishloq. Tog’yon bag’rida joylashgan. Yangiobod tumanining ma’muriy markazi (1999 yil apreldan). Balandchaqirda tuman hokimiyati idoralari, maishiy xizmat ko’rsatish punktlari bor.

BALAND-PASTLIK

BALAND-PASTLIK (musiqada) — tovushning o’z manbai tebranishi (chastotasi)ga binoan interval, lad, gamma, tovushqator, inson ovozi, musiqa asboblari registri va boshqalar tarkibidagi muayyan o’rni.

BALANDLIK O’LCHAGICH

BALANDLIK O’LCHAGICH, altimetr — uchish apparati (masalan, samolyot) ning qancha balandlikda uchayotganini ko’rsatadigan asbob. Barometrli va radio Balandlik o’lchagichlar yuqoriga ko’tarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar … Read More