BUTTA

BUTTA — qadimgi vazn va hajm o’lchov birligi. Misrda un o’lchovi sifatida qo’llanilgan. Vazn bo’yicha qiymati 17,5 kilogrammga, hajm bo’yicha 22,5 litrga teng.

BUTPARASTLIK

BUTPARASTLIK — but, sanam, salib, ikonaga sig’inish odati. Fetishizm, majusiylik kabi ibtidoiy dinlarga xos. Butparastlar butni, sanamni xudolar qiyofasi, timsoli deb bilganlar. Majusiylikdagi Butparastlik odati xristianlik, buddizm kabi dinlarda ham … Read More

BUTOVSKAYA EVDOKIYA MIXAYLOVNA

BUTOVSKAYA EVDOKIYA MIXAYLOVNA (1917. 28. 12, Poltava — 1982. 7. 1, Toshkent) — seysmolog olima. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). fizika matematika, fanlari … Read More

BUTLI BAQALAR

BUTLI BAQALAR (Pelodytes) dumsiz amfibiyalar turkumiga mansub sassiq baqalar oilasi urug’i. 2 turi bor. G’arbiy Yevropa pasttekisliklarida ola Butli baqa (P. punctatus), Kavkaz tog’larida ikkinchi turi — Kavkaz Butli baqasi … Read More

BUTIFOS, DEF

BUTIFOS, DEF — paxta maydonlarini mashina terimiga tayyorlashda g’o’za barglarini to’kish uchun qo’llanilgan kuchli defoliant. Yuqori temperaturada qaynaydigan och sariq rangli suyuqlik. Yoqimsiz hidli, suvda umuman erimaydi. Moyli eritma va … Read More

BUTIROMETR

BUTIROMETR (Yunoncha butyron — yog’, moy va…metr) — sutdagi yog’ miqdorini aniqlaydigan asbob. Shkalali tsilindrsimon shisha idishdan iborat. Asosan, laboratoriya sharoitida ishlatiladi. Sutdagi yog’ miqdorini aniqlash uchun Butirometrga pipetkada 10 … Read More

BUTIL-KAUCHUK

BUTIL-KAUCHUK izobutilen bilan oz miqdordagi (1-5%) izoprenni sopolimerizatsiyalab olingan sintetik kauchuk. Butil metilxlorid yoki etilxlorid eritmasida monomerlarning kation sopolimerizatsiyasi orqali olinadi. Butil och sariq rangli modda bo’lib, spirt, efir, keton, … Read More

BUTILKA BURUNLAR

BUTILKA BURUNLAR (Hypereodon) — kitlar urug’i. Uzunligi 9,4 metrgacha. Tanasi to’q kulrang, qorin tomoni oqish tusli. Peshonasida yog’ moddasidan hosil bo’lgan qiya bo’rtig’i bor. Tishlari konussimon, 2 juft, pastki jag’larida … Read More

BUTILASETAT

BUTILASETAT — sirka kislotaning butil efiri, efir hidi keladigan rangsiz suyuqlik. 4 ta izomeri ma’lum; ulardan normal Butilasetat SN/SN^ososn, bilan izobutilasetat (SN3)2SNSN2OSOSN3 ko’proq tarqalgan. Qaynash temperaturasi 126,1′ (normal Butilasetat) va … Read More