BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMI
BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMI — buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik muomalalarini yozish tizimi. Bu yozuvlar tartibiga qarab ikki xil bo’lishi mumkin: oddiy va ikkiyoqlama.
BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMI — buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik muomalalarini yozish tizimi. Bu yozuvlar tartibiga qarab ikki xil bo’lishi mumkin: oddiy va ikkiyoqlama.
BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TARTIBGA SOLISH — buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish, uning aniqligi va yagonaligini ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab … Read More
BUXGALTERIYA HUJJATI — xo’jalik muomalalari sodir bo’lganligining yozma isboti yoki xo’jalik muomalalarini amalga oshirish huquqi. Buxgalteriya hujjatlari, odatda, belgilangan shakl bo’yicha tipografiya usulida bosilgan blankalarda tuziladi. Ayrim hollarda muayyan xo’jalik … Read More
BOZOR NARXI — iqtisodiyotda jami talablarga ko’ra o’zgarmas holda qoluvchi narxlar.
BOZOR MUNOSABATI — bozordagi talab va takliflarning miqdoran va tarkibiy jihatdan bir-biriga muvofiq kelishi. Agar shunday muvofiqlik bo’lmasa, bozor muvozanati izdan chiqadi.
BYUROKRATIYA — tashkilot turi bo’lib, unga mehnatni ixtisoslashtirilgan tarzda taqsimlash, aniq ierarxiya, standartlar, xodimning bevosita vazifasiga asoslangan ishning baholanish ko’rsatkichlari kiradi.
BYUROKRAT — 1. Hokimiyatchilik vakolatlariga ega bo’lgan amaldorlar toifasiga kiruvchi shaxs. 2. O’z vazifalarini ko’r-ko’rona, ishga zarar keltirib bajaradigan amaldor shaxs, rasmiyatchi sansalorchi.
BUYURTMA NUQTASI — tovar moddiy zaxira keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan tovar moddiy zaxira summasining past nuqtasi.
BUYURTMA KVALIFIKATORI — ma’lum bir mahsulotning shunday tavsiflari to‘plamiki, bular ushbu mahsulotning sotib olinishiga sabab bo’la oladi.
BUYURTMA G’OLIBI — ma’lum bir mahsulot, uni boshqa korxona mahsulotlaridan ajratib turadigan xossa va xarakteristikali mahsulotdir.