BOJ TA’RIFI
BOJ TA’RIFI — tovarlar guruhlari bo’yicha sistemalashtirilgan boj poshlinalar ro’yxati.
BOJ TA’RIFI — tovarlar guruhlari bo’yicha sistemalashtirilgan boj poshlinalar ro’yxati.
BOJ POSHLINALARINING STAVKALARI — hukumat tomonidan o’rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan tovarlarni olib o’tuvchi shaxslarga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo’lib xizmat qiladi. … Read More
BOJ POSHLINALARI — iste’mol soliqlarining tarkibiga kiradi. Ularning maqsadi daromad olish bo’lmasdan, balki ichki bozor, milliy sanoat va qishloq xo’jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import … Read More
BOJ ITTIFOQI — ikki yoki bir qancha mamlakatlarning bojlar bo’yicha o’zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifini joriy etish bo’yicha o’zaro kelishuvi.
BOJ DEKLARATSIYASI — milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o’zida chegaradan o’tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qo’lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. … Read More
BOG’LIQ TOMONLAR BILAN OPERATSIYALAR — biror-bir baho belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat’i nazar, bir bog’liq tomondan ikkinchisiga resurslar yoki majburiyatlarning berilishi. BOJ (arab. — o’Ipon, soliq) — bojxona nazorati ostida davlat … Read More
BO’LINMAS FOND — qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) ustav fondi qiymatining bir qismi bo’lib, u shirkat xo’jaligi tasarrufida qoladi va paychi a’zolar o’rtasida taqsimlanmaydi.
BO’LINMAS XARAJATLAR — bo’linish nuqtasigacha bo’lgan xarajatlar. Bo’linish nuqtasi mahsulot ishlab chiqarishga nisbatan aytilgan bo’lib, tayyor mahsulotning sotilmay qolgan (yaroqsiz mahsulot, yarim tayyor) qismida bo’linish nuqtasi sodir bo’ladi.
BLOKADA — qamal, qurshov bo’lib, biron davlatni harbiy, siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan yakkalab, ajratib qo’yish, qamal qilish, unga tashqi davlatlar bilan aloqa bog’lashga imkon bermaslikdan iborat.
BIZNESNI MABLAG’ BILAN TA’MINLASH — pul vositalarini ishbilarmonlik faoliyati yoki biznesga jalb qilish.