Bog’dagul
Bog’dagul-bog’da o’sgan guldek zebo yoki nurli, baxtiyor, nurafshon gul yoxud tog’dan pastlikka, bog’zorga ko’chilganda tug’ilgan qiz
Bog’dagul-bog’da o’sgan guldek zebo yoki nurli, baxtiyor, nurafshon gul yoxud tog’dan pastlikka, bog’zorga ko’chilganda tug’ilgan qiz
Boqi-umri boqiy, uzoq bo’lsin yoki poydor, ustuvoy tursin, yashasin. Abduboqi, Boqiulla ismlarining erkalash-qisqartma shakli. Shakllari: Boqibek, Boqiboy, Boqijon, Boqixon
Botu-asl, toza, ishonchli; aslzoda
Botmon-og’ir, vazmin, bosiq yoki botmonga (9 pudga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi) teng qilib sotib olingan bola. Shakllari: Botmonboy, Botmonqul
Botir-mard, pahlavon, dovyurak jasur. Shakllari: Botirbek, Botirboy, Botirxon, Botirjon, Botirqul, Botirsho.
Botiy-qimmatli, nodir; asl tosh yoki g’olib, yenguvchi, ya’ni botir
Bosit-ulug’, ulkan, azim yokim rizq beruvchi, ruh ato etuvchi, ya’ni Alloh.
Boriy-yaratuvchi, borliqqa keltiruvchi, ya’ni Alloh, Tangri yoki toza, pok aybsiz, ya’ni gunohdan xoli
Bonu-shoh (sulton)lar, aslzodalar nasliga mansub qiz; beka, xonim, begim
Boni-binokor, quruvchi yoki asrovchi, qo’riqlovchi, posbon