Bardlar
Bardlar (keltcha bardos)-qadimgi kelt qabilalarida xalq ashulachilari. Bora-bora professional shoirlarga aylanishgan, darbadar hayot kechirishgan, hukmdorlar xo’jaliklarida yashashgan (asosan, Irlandiya, Uels va Shotlandiyada).
Bardlar (keltcha bardos)-qadimgi kelt qabilalarida xalq ashulachilari. Bora-bora professional shoirlarga aylanishgan, darbadar hayot kechirishgan, hukmdorlar xo’jaliklarida yashashgan (asosan, Irlandiya, Uels va Shotlandiyada).
Bargustvon (forscha)-o’rta asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson, Shimoliy Hindiston, Afg’onistonda keng tarqalgan harbiy istiloh. Muhoraba chog’ida jangovar ot va fillar ustiga tashlanadigan yopinchiq.
Barang’ar, Barang’or, Burong’or (turkcha, o’ng)-qadimgi turk-mo’g’ul xalqlarida harbiy-ma’muriy istiloh: 1) Chingiziylar saltanati barpo etilgunga qadar mo’g’ullar mamlakati o’ng qanot- Barang’ar va so’l qanot-juvang’arga taqsimlangan. Chingizxon asos solgan ulkan saltanatda ham … Read More
Baotszya (xitoycha)-qadimdan 1949 yilgacha Xitoyda maxsus birlikda (bao-yuzta hovli, tszya-mingta hovli) dehqon xo’jaliklarida ma’muriy-politsiya tashkilotlari tizimi. Markaziy hokimiyatga muxolifatdagi unsurlar bilan kurashish va aholidan soliqlarni undirib olish vazifasini o’tagan.
Bantustanlar, xoumlendlar (inglizcha bantustans, homelands-milliy yurt)-JARning irqchi hukumati tomonidan tuzilgan soxta davlat tuzilmalari. Aparteid siyosatining ko’rinishi. Afrika aholisini qabilaviy belgilar bo’yicha bo’lib yuborish va shu orqali milliy-ozodlik kurashining yagona frontini … Read More
Bantak-o’rta asrlarda erkak qullarning nomlanishi.
Banalitet (fransuzcha banalite, banal-senorga tegishli)-G’arbiy Yevropada senorning jamoat ahamiyatiga ega mol-mulkka (masalan, tegirmon) bo’lgan monopol huquqi. Undan foydalanganlari uchun dehqonlardan og’ir soliqlar undirib olingan. Banalitetni buzganlik uchun senor dehqonlardan jarima … Read More
Bandak (forscha)-XIX-XX asrlarda O’rta Osiyoda xotin-qizlar kiyimi hisoblangan. Paranjining yelkadan yon tomonga osiltirib tikilgan ikki yengsimon qismi Bandak deyilgan.