Cho’qmoq
Cho’qmoq-qo’l jangida ishlatiladigan oddiy qurol.
Cho’qmoq-qo’l jangida ishlatiladigan oddiy qurol.
Cho’p puli-soliq turi. 1866 yili Qo’qon xoni Xudoyorxon tomonidan joriy qilingan. Ushbu soliq aholi yoqilg’i uchun tayyorlagan o’tin, g’ozapoya, xashak va boshqalar yuzasidan olingan.
Cho’moqxona-gurzi, to’qmoq, umuman qurol-yarog’ saqlanadigan joy.
Chuhra, (Chehr) og’asi-xonning shaxsiy saroy soqchilari (chuhra) boshlig’i. Ba’zan “Chuhraboshi” deb ham yuritilgan. Chuhra og’asi xon saroyida xizmat qilgan. Bu lavozim xon e’tiborini qozongan shaxsgagina berilgan. Xonliklar tugatilgach, chuhra og’asi … Read More
Chuhra, Chehra-xon huzurida xizmat qiluvchi mahram. Sharqda xonlarning gvardiyasi (saroy soqchilari) hisoblangan maxsus harbiy qism. Ushbu qismga xizmat qilish uchun zodagon, aslzoda va yuqori tabaqa vakillari farzandlari olingan. Ular xon … Read More
Choshnigor-qadimda xon yoki podshoh saroyidagi amaldor shaxs; shoh oilasi oshxonasining boshlig’i. Choshnigor hukmdorni zaharlanishdan saqlash va taom ta’mini bilish maqsadida shohga tortiladigan taomlarni dastlab o’zi tatib ko’rgan. Choshnigorlar Sharq davlatlari, … Read More
Chortoq-1. O’rta asrlarda shahar atrofida qurilgan kuzatish punkti; choqchilar turadigan joy. 2. Lashkarboshilar tomonidan jangning borishini kuzatadigan maxsus joy.
Chorqab-shohlar va amirlar kiyadigan maxsus libos.