DAOSIZM

DAOSIZM (Dao so’zidan) — 1) qadimgi Xitoy falsafasidagi yo’nalishlardan biri; Dao haqidagi ta’limot. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning g’oyalari «Dao de Szin» kitobida bayon etilgan. Daosizm … Read More

DAO

DAO (xitoycha «Dao» — qonun, yo’l) — qadimgi Xitoy falsafasining muhim tushunchalaridan biri. Dastlab «yo’l», «tariqat» ma’nosini, keyinchalik falsafada tabiatning «yullari»ni, uning qonuniyatlarini bildirgan. Daosizmning asosiy tushunchasi. Koinotning bosh sababchisi, … Read More

DANG’ARA TUMANI

DANG’ARA TUMANI — Farg’ona viloyatidagi tuman. 1939 yil 10 Fevralda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan. 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). Dang’ara tumani viloyatning Buvayda, … Read More

DANG’ARA

DANG’ARA — Farg’ona viloyatidagi shaharcha (1979 yildan). Dang’ara tumani markazi. Tumanning Janubi-sharqida joylashgan. Dang’ara nomi «don g’arami» so’zidan degan rivoyat bor. Dang’ara Qo’qon shahridan shimolda, yaqin temir yo’l stantsiyasi — … Read More

DANFIGANKET

DANFIGANKET, Dinvagikad (so’g’diycha — muqaddas din ibodatxonasining joyi) — o’rta asrlarga oid shahar o’rni. Sharq geograflarining ma’lumotiga qaraganda, u Shosh viloyatining markazi Binkatdan 5 farsax (35-40 kilometr) uzoqlikda xalqaro karvon … Read More

DANUNIYLAR DAVLATI

DANUNIYLAR DAVLATI — kichik Osiyoning Janubi-sharqidagi Adan vodiysida joylashgan qadimgi davlat (miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlari). Danuniylar Davlati markazi Qoratepa tog’i atrofida bo’lgan. Danuniylar Davlatining eng gullagan davri — Azitavadd … Read More

DO’NON

DO’NON — uch yoshga to’lib, to’rt yoshga o’tgan ot yoki tuya. Do’nonlik davri, asosan, hayvonning tishiga va boshqa belgilariga qarab aniqlanadi. Masalan, Do’non Otning hamma sut tishlari o’rniga doimiy tishlar … Read More

DO’NG QUMLAR

DO’NG QUMLAR — o’simliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan aylana yoki uzunchoq shakldagi qum uyumlari. Do’ng qumlar sochiluvchan («To’p qumlar») va zichlangan qumlarga bo’linadi. Do’ng qumlar ayniqsa Markaziy Osiyo cho’llarida, … Read More

DO’MBIRA

DO’MBIRA (tanbura so’zidan) — torli chertma xalq musiqa cholg’usi. O’zbek va qozoq Do’mbira turlari mavjud: 1) o’zbek Do’mbirasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan bo’ladi. Cholg’uning asosiy qismi (kosaxona va dasta) o’rik, … Read More

DO’LCHA

DO’LCHA — ro’zg’or buyumi. Misdan chukur kosaga o’xshatib yasalgan, kandakori naqshlar bilan bezatilgan. Idishdan suv olishda ishlatiladigan dastali Do’lcha hamda jo’mrakli Do’lcha (ko’proq objuvozchilar foydalangan) turi bor. Shuningdek, Shahrisabzda sopoldan … Read More