Dur ziro’i
Dur ziro’i (arabcha zira ad-dur)-uzunlik o’lchovi sifatida 50,3 santimetrga teng.
Dur ziro’i (arabcha zira ad-dur)-uzunlik o’lchovi sifatida 50,3 santimetrga teng.
Durbosh (turkcha)-podshohlik alomati bo’lgan nayza yoki aso. Uni podshoh oldida yurtganlarida kishilar chetlanishlari lozim bo’lganligi sababli Durbosh (nari tur) deb atalgan.
Durbor (forscha darbor-qabul marosimi, zal, shoh saroyi)-Yaqin va O’rta Sharq davlatlarida o’rta asrlarda podshoh huzuridagi saroy amaldorlari kengashi, tantanali qabul marosimi.
“Dumaloqboshlar” (inglizcha roundheads)-Angliya burjua inqilobi davrida (XVII asr) qirol tarafdorlari orasida keng tarqalgan parlament tarafdorlari laqabi (soch turmagi shakliga ko’ra). Ularni farqalab turadigan yana bir belgi qizil mundir edi. Dastlab … Read More
Druidlar (gallcha dridae, qadimgi irlandcha druid)-qadimgi keltlarning kohinlar va shoirlari; qurbonlik marosimlarini boshqarishgan, shuningdek, sudlov vazifasini ham bajarishgan, tabib, muallim va folbin ham hisoblanishgan.