ESI PASTLIK

ESI PASTLIK — aqliy qobiliyat (intellekt)ning zaiflashuvi, bunda dastlab xotira buzilishi kuzatilib, borabora kishining so’z boyligi, tasavvur va tushunchalari kamayadi, xotira va nutqning buzilishi, albatta, fikrlash jarayoniga ta’sir ko’rsatadi.

ES

ES — 1) tor ma’noda — aql, ong so’zlarining ma’nodoshi; 2) idrok qilingan narsa va hodisalarni xotirat saqlash qobiliyati.

ERSTED

ERSTED — SGSM birliklar tizimidagi magnit maydon kuchlanganligi birligi. Ersted bilan ifodalanadi. X.K. Ersted sharafiga qo’yilgan. 1 E vakuumdagi magnit induktsiyasi 1 Gauss (Gs) bo’lgan magnit maydon kuchlanganligiga teng.

ERKIN BOZOR

ERKIN BOZOR — narxlar biron bir tashqi omillar ta’siriga bog’liq bo’lmagan holda faqat talab va taklifga ko’ra shakllanadigan bozor.

ERKER

ERKER (nemischa Egkeg) me’morlik shakli; bino devoridan yarim doira, to’rtburchak yoki ko’p qirrali oynaband shaklda turtib chiqqan joy. Bir necha qavat, ba’zan tarzning tepasiga (odatda, 1-qavatdan tashqari) ishlanadi. Erker binoning … Read More

ERIDAN

ERIDAN (lotincha) — osmonning shim. yarim sharidagi Orion, Savr va Kit yulduz turkumlari orasida joylashgan yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzi — Axernor 1yulduz kattaligida. O’zbekiston hududida qisman kuz va qishda … Read More

ERI KANAL

ERI KANAL — AQShning shimoli Sharqiy qismidagi suv yo’li. 1817-25 yillarda qazilgan. Bir necha marta rekonstruktsiya qilingan. Eri kanal Buyuk ko’llar sistemasi (eri ko’li)ni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan … Read More