ENG KATTA UMUMIY BO’LUVCHI
ENG KATTA UMUMIY BO’LUVCHI — ikkita natural sonning umumiy tub bo’luvchilari ko’paytmasi; t va p sonlarining Eng katta umumiy bo’luvchisi (t, p) bilan belgilanadi.
ENG KATTA UMUMIY BO’LUVCHI — ikkita natural sonning umumiy tub bo’luvchilari ko’paytmasi; t va p sonlarining Eng katta umumiy bo’luvchisi (t, p) bilan belgilanadi.
EMISSAR (lotincha — vakil) — bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga muayyan (odatda, maxfiy) topshiriq bilan yuboriladigan shaxs, agent. Emissar missiyasi, odatda, rasmiy xarakterga ega bo’lmaydi.
EMBRIOGENEZ (embrion va Yunoncha — kelib chiqish, tug’ilish), embryonal rivojlanish — ko’p hujayrali organizmlarning individual rivojlanish (ontogenez) davrlaridan biri. Embriogenez tuxum yoki embrion pardasi ichida boradi.
ELCHIXONA — elchi yoki boshqa 1-klass diplomatik vakil tomonidan boshqariladigan diplomatik vakillik.
ELXON — 13-14-asrlarda Erondagi mo’g’ul hukmdorlari unvoni; Elxoniylar — mo’g’ul xonlari sulolasi.
ELLIPSOID — Markaziy simmetrik ikkinchi tartibli yopiq sirt. Ellipsni biror o’qi atrofida aylantirilsa aylanma Ellipsoid hosil bo’ladi.
ELLADA MADANIYATI (arxeologiyada) — Markaziy Yunoniston (Ellada) va Peloponnesdagi jez davri (miloddan avvalgi 2500-1100 yillar) ga oid madaniyat. Miken, Pilos va Tirinfda qal’a va saroy xarobalari, maqbaralar, san’at asarlari topilgan.