EKVATOR

EKVATOR (lotincha aeyaialog — teng bo’luvchi), geografik ekvator, yer ekvatori — 1) yer yuzasida qutblardan teng uzoqlikdan o’tkazilgan katta aylana chiziq; erning aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan va uning markazidan o’tuvchi … Read More

EKVADORLAR

EKVADORLAR — xalq, Ekvadorning asosiy aholisi (6,6 million kishi). Umumiy soni 6,73 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ekvadorlarning asosiy qismini ispanindeys metislari va indeyslar (asosan, kechua), qolgan qismi oq tanlilar (Yevropadan … Read More

EKVADOR

EKVADOR, Ekvador Respublikasi — Janubiy Amerikaning shimoliy g’arbiy qismidagi davlat. Maydoni 283,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 13,447 million kishi (2002). Poytaxti — Kito shahri Ma’muriy jihatdan 21 provintsiya (rgouyu1a) ga … Read More

EYFORIYA

EYFORIYA (Yunoncha — yaxshi, — qabul qilaman) — o’z-o’zidan quvonish, dimog’chog’lik. Atrof-muhit va o’zining og’ir holatiga mos tushmagan holda bemor kayfiyatining ko’tarilib ketishi. Bosh miyaning turli organik kasalliklari (o’smalar, avj … Read More

EYFEL MINORASI

EYFEL MINORASI — A.G. Eyfel loyihasi bo’yicha Parijda qurilgan metall minora. 19-asr texnikasi yutug’i ramzi sifatida Jahon ko’rgazmasi (1889) uchun qurilgan. 1931 yilgacha dunyoning eng baland va og’ir inshooti hisoblangan … Read More

EYFEL ALEKSANDR GYUSTAV

EYFEL ALEKSANDR GYUSTAV (1832.15.12, Dijon 1923.28.12, Parij) — frantsuz quruvchi-muhandisi. Parijdagi san’at va hunarmandchilik Markaziy maktabini tugatgan (1855). Metall konstruktsiyalardan foydalanib, ko’priklar, viaduk va boshqalar inshootlarni loyihalagan va o’zi boshchiligida … Read More

EYR

EYR — Avstraliyadagi eng yirik oqmas sho’r ko’l. Materikning Janub qismidagi cho’l iqlimli botiq (dengiz sathidan 12 metr past) da joylashgan. Ko’l yozda vaqtincha oqadigan Daryo va soylar keltirgan suv … Read More

EYNSHTEYN DEXAAZ EFFEKTI

EYNSHTEYN DEXAAZ EFFEKTI — jism (ferromagnetik) biror o’qi bo’ylab magnitlanganda uning magnitlanishiga (o’qqa) nisbatan magnitlanganlik darajasiga mutanosib (proportsional) ravishda aylanma harakatlanishi. Effektni A. Eynshteyn va niderlandl fizigi V. Dexaaz 1915 … Read More

EYNSHTEYN QONUNI

EYNSHTEYN QONUNI — fotokimyoning asosiy qonuni. Bu qonunga ko’ra, har bir yutilgan foton bitta elementar reaktsiyani vujudga keltiradi. Bunda reaktsiya modda molekulalarining kimyoviy o’zgarishidan yoki ularning fizik uyg’onishidan va yutilgan … Read More