Estakada

Estakada – 1) ko’prik ko’rinishidagi yer yoki suv usti inshooti bo’lib, estakada transport vositalarini o’tkazish, yuklash-tushirish ishlarining bajarilishini ta’minlash, muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun xizmat qiladi. Odatda ko’p sonli oraliqlardan tashkil … Read More

Eritiladigan ruberoid

Eritiladigan ruberoid – tom yopish ishlarini bajarishda maxsus qizdirgichlar (gorelkalar) yordamida eritiladigan bog’lovchi qatlami bilan qalinlashtirilgan Ruberoid. Uning qo’llanilishi ishlar sig’imini sezilarli darajada pasaytiradi, ularning xavfsizligini oshiradi.

Eritgich

Eritgich – tarkiblarga zarur bo’lgan konsistentsiya (suyuq-quyuqlik darajasi)ni beruvchi suyuqlik. Benzin, uayt-spirt, skipidar moyli bo’yoqlar uchun eritgich sifatida xizmat qilsa, atseton perxlorvinilli bo’yoqlar uchun eritgich sifatida qo’llaniladi.