Epikriz, oxirgi xulosa nima degani
Epikriz, oxirgi xulosa nima degani – kasallanish tugagandan so’ng kasallik hodisasini muhokama qilish; shu kasallik hodisasining sabablari, uni davolash v anima bilan tugaganligini tushuntiradigan oxirgi xulosa.
Epikriz, oxirgi xulosa nima degani – kasallanish tugagandan so’ng kasallik hodisasini muhokama qilish; shu kasallik hodisasining sabablari, uni davolash v anima bilan tugaganligini tushuntiradigan oxirgi xulosa.
Epilepsiya, quyonchiq, tutqanoq nima degani – vaqt-bevaqt tirishish, qisqa muddatga es-hushni yo’qotish bilan ta’riflanadigan kasallik. Epilepsiyaga uchragan odamlarning fe’l-atvori, ruhi o’zgaradi.
Epitelialnaya tkan, epiteliy nima degani – qoplovchi to’qima; hujayra qatlamlaridan tashkil topgan va tananing tashqi qoplami hamda organizmning ichki bo’shliqlarini va naysimon yo’llar qoplamini hosil qiladigan to’qimalar turi.
Epitelizatsiya, et bitishi nima degani – teri, shilliq pardalar zaralanganda yaralangan yerning regeneratsiya yo’li orqali yangi epitelial qavat bilan qoplanishi.
Epitimpanim nima degani – nog’ora bo’shlig’i (quloq)ning yuqori qismi, unda bolg’achaning boshchasi, sandonning katta qismi va uzangi joylashgan.
Epitimpanit nima degani – chakka suyak zararlanishi bilan kechuvchi surunkali otit; nog’ora parda perforatsiyasi, granulyatsiyalar, quloq poliplari hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi.
Exinokokk pecheni, jigar exinokokki nima degani – jigarga exinokokk gijja kirishi natijasida paydo bo’ladigan kasallik. Gijja taraqqiyotining pufakli bosqichi.
Efferentniy, olib boruvchi, efferent nima degani – 1) olib chiquvchi (qon tomirlar to’g’risida); 2) impulslarni nerv markazlaridan periferiyaga o’tkazuvchi, masalan, efferent (harakatlanuvchi) nerv; 3) impuls, qo’zg’alish.
Egotsentrizm, xudbinlik nima degani – ayrim kishilarning borliqni faqat o’z shaxsiy manfaatlari uchun ishlatish nuqtayi nazaridan anglashga moyilliklari.
Edipov kompleks nima degani – 3-4 yoshdagi bolaning hissiy munosabatlari xususiyatlari haqida psixoanalitik tushuncha. Bunda bola o’z jinsidagi ota-onaga rashk qilib yomon ko’radi, boshqa jinsdagini yaxshi ko’rib muhabbat bilan munosabat … Read More