Exinokokkoz, tasmasimon gijja nima degani
Exinokokkoz, tasmasimon gijja nima degani – exinokokkning lichinka bosqichi keltirib chiqaradigan kasallik.
Exinokokkoz, tasmasimon gijja nima degani – exinokokkning lichinka bosqichi keltirib chiqaradigan kasallik.
Effuziya nima degani – suyuqlikning qon yoki limfatik tomirlardan bo’shliq yoki to’qimaga oqib chiqishi.
Eyakulyat, urug’ suyuqligi nima degani – eyakulyatsiya vaqtida urug’ yo’llari orqali ajralib chiqadigan biologik suyuqlik.
Eventratsiya nima degani – qorin bo’shlig’idan ichki a’zolarning tushib qolishi. Qorin devoridagi (teshik orqali).
Evakuatsiya nima degani – bo’shatish, olib tashlash; fasod boylangan joy, kistadan punksiya yordamida yoki kesib, suyuqlikni chiqarish.
Ezofagoskopiya nima degani – qizilo’ngachga yuqori yoki pastki uchi elektr lampochkalar bilan yoritiladigan uzun metall naychalarni kiritib uni ko’zdan kechirish.
Ezofagotomiya nima degani – qizilo’ngach bo’shlig’ini ochish yoki qizilo’ngach bo’shlig’idan qizilo’ngach atrofidagi to’qimaga o’tish uchun qizilo’ngach devorini kesish.
Etrofiya nima degani – organizm tuzilishi va vazifasi normadan chetga chiqmagan holda normal ovqatlanish, ovqatni ishtaha bilan yeyish va uning yaxshi singishi.
Ekzema nima degani – terining neyroendokrin sistemasi faoliyatining buzilishi; tugunchalar, yiringli joylar, tangachalar hosil bo’lib, qichima bilan o’tadi.
Ekzistentsialniy analiz nima degani – bemorning yashashdan maqsadi va muddaosini, imkoniyatlarini, aqliy va ruhiy kechinmalarini aniqlash uchun biografiyasini o’rganish, bemorni ruhiy davolash yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.