Elektrofiziologiya nima degani
Elektrofiziologiya nima degani – fiziologiyaning organizmdagi elektr hodisalarini (biopotensial) va organizmga elektr toki ta’sirini o’rganadigan bo’limi.
Elektrofiziologiya nima degani – fiziologiyaning organizmdagi elektr hodisalarini (biopotensial) va organizmga elektr toki ta’sirini o’rganadigan bo’limi.
Emaltsiatsiya nima degani – oriqlash, oriqlab ketish, ozish; odatda ko’p kasalliklarning belgisi. Haroratning uzoq vaqtgacha ko’tarilib turishi bilan (ich terlama, tuberkulyoz) bog’lash mumkin.
Embriokardiya nima degani – yurakning birinchi va ikkinchi tonlari orasida paydo bo’luvchi pauzalarning bir-biriga tengligi. Yurak ritmi mayatnik harakatlariga o’xshaydi.
Embriotomiya nima degani – tug’adigan ayol hayotiga xavf soladigan og’irlashgan tug’uruq vaqtida o’lgan homila tanasini operatsiya yo’li bilan maydalash.
Emotsiya, hissiyot nima degani – organizmning har kimda o’ziga xos namoyon bo’ladigan va kishining qattiq iztirob chekishidan to g’oyat shod-xurram bo’lishigacha hamma turdagi sezgilari va kechinmalarini qamrab oladigan fiziologik holati.
Emfizema nima degani – odatda havo saqlaydigan a’zolarda havoning ortiqcha to’planishi yoki aslida havo bo’lmaydigan a’zolarda, masalan, terida havo bo’lishi.
Enartroz nima degani – yong’oqsimon bo’g’im; boshqa suyak bo’g’im boshchasining yarmidan ko’p qismini bo’g’im xaltachasi o’rab olgan sharsimon bo’g’im, masalan, chanoq-son bo’g’imi.
Engramma nima degani – organizm, ayniqsa, sezgi a’zolari va qandaydir tashqi qo’zg’atuvchilarning ta’siri natijasida MNS ning struktura va funksiyalarida bo’ladigan o’zgarishlarning umumiy nomi; xotiraning moddiy asosi sifatida uzoq vaqt saqlanib … Read More
Endarteriit obliteriruyushiy nima degani – arteriyalar ichki qavatining yallig’lanishi sababli ularning tobora teshigi torayishi va chandiqlanishi (obliteratsiya) bilan o’tadigan nerv va tomirlar tizimini shikastlantiradigan kasallik.
Endogen nima degani – ichki sabablar bilan izohlanadigan; organizmning ichki muhitiga bog’liq bo’lgan sabablar natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar.