FIL…, FILO…, … FIL

FIL…, FILO…, … FIL (Yunoncha Philos — sevuvchi, phileo — sevaman) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi yoki ikkinchi qismi; «sevish, yaxshi ko’rish», «biror narsani yaxshi ko’ruvchi», «biror narsaga moyil», «dust», … Read More

FIJIYLAR

FIJIYLAR — xalq, Fiji orollarining tub joy aholisi (340 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari). Fiji tilida so’zlashadi. Dindorlari — protestantlar, an’anaviy e’tiqodlar saklangan. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, mevachilik, baliq ovlash.

FIBROMA

FIBROMA (fibrin va … ota — o’sma ma’nosini ifodalovchi qo’shimcha), fibroblastoma — biriktiruvchi to’qimadan yuzaga kelgan xavfsiz o’sma. Tananing har qanday qismida uchraydi; o’sishiga ko’ra, diffuz Fibroma va chegaralangan Fibroma … Read More

FIBROZ

FIBROZ (lotincha fibra — tola) — odam va ayrim hayvonlar organizmidagi, yetuk tolali biriktiruvchi to’qimalarning jadal o’sishidan iborat patologik jarayon.

FIBRINOGEN

FIBRINOGEN (fibrin va … gen) — qon plazmasining globulinlar guruhiga kiruvchi eriydigan oqsili. Trombin ta’sirida fibringa aylanib, qonni ivitadi. Jigarning parenxematoz hujayralarida hosil bo’ladi. Sog’lom odam qon plazmasidagi Fibrinogen miqdori … Read More

FYODOR IVANOVICH

FYODOR IVANOVICH (1557-1598) Ryurikovichlar sulolasidan bo’lgan so’nggi rus podshosi (1584 yildan). Ivan IV ning o’g’li. Davlat ishlariga noqobil bo’lgani tufayli mamlakatni boshqarishni qaynog’asi Boris Godunovga topshirgan.

FESSAN

FESSAN (Fezzan) — Liviyadagi tarixiy viloyat. 7-asrgacha mahalliy qabilalar mustaqilliklarini saqlab qolganlar. 7-asrdan arablar qo’l ostida. 16-asrdan Usmonli turk imperiyasi tarkibida; 1911 -12 yillardagi Italiya — Turkiya urushidan so’ng Italiyaning … Read More

FEXNER

FEXNER (Fechner) Gustav Teodor (1801.19.4, Grosszerxen — 1887.18.11, Leypsig) — nemis psixologi, fizik, faylasuf. Leypsig universitetining fizika professor (1934 — 40). Psixofizikaga asos solgan, qalb va vujud munosabati to’g’risidagi masalani … Read More

FETISHIZM

FETISHIZM (portugalcha feitico, Fransuzcha fetiche — sehrli narsa, tumor) — g’ayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar — fetishlarga sig’inish. Sig’inish ob’yektlari, ya’ni fetishlar — tosh, tayoq, ko’zmunchoq, tumor va … Read More

FESTIVAL

FESTIVAL (lotincha festivus — quvnoq) — musiqa, teatr, kino, estrada, tsirk san’ati yutukdari ko’rigidan iborat ommaviy bayram. Ilk bor 18-asr boshlarida Buyuk Britaniyada yuzaga kelgan. 20-asrdan xalqlararo keng tarqalgan. Milliy … Read More