GABRIEL (GABRIEL) JAK ANJ

GABRIEL (GABRIEL) JAK ANJ (1698.27.10 — Parij — 1782.4.1) -frantsuz me’mori. 18-asr klassisizm asoschilaridan biri. 1742 yildan qirolning birinchi me’mori va me’morlik akademiyasining prezidenti. Gabriel loyihasi asosida qurilgan binolar aniq … Read More

GABION

GABION (italyancha gabbione — katta katak) — tosh to’ldiriladigan sim to’r yashik; Daryo qirg’oqlarini yuvilib ketishdan asrash, suv oqimini rostlash va mustahkamlash inshootlari qurishda foydalaniladi. Odatda, uzunligi 3-5 metr, eni … Read More

G

G — o’zbek kirill alifbosining to’rtinchi harfi. Yaqin til orqa, portlovchi, jarangli undosh. So’z boshi (gul, go’zal), o’rtasi (yugur, egar), oxiri (barg, tong)da keladi. So’z oxirida tub o’zbek so’zlarida deyarli … Read More

GABEN

GABEN (Gabin) — Jan (haqiqiy ismi Jan Aleksi Monkorje) (1904.17.5, Meriel — 1976.15.11, Parij) — frantsuz kinoaktyori. Kinoda 1930 yildan faoliyat ko’rsatgan. Ekranga demokratizm ruhini, erkinlik, inson shaxeiga hurmat, ehtirom … Read More

GABARIT

GABARIT (Fransuzcha gabarit) — binolar, vagonlar, kemalar, ko’priklar, mashinalar, tunellar va boshqalarning tashki va ichki chegaraviy qiyofasi; eng katga tashki va ichki o’lchamlari (uzunligi, balandligi, eni, kulochi). Masalan, tunnellar va … Read More

GIPER…

GIPER… (Yunoncha hyper — yuqori, o’ta) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilgan so’zga: 1) yuqoridalik; 2) me’yordan ortiqlik (masalan, gipertoniya), o’ta darajadalik ma’no ifodalarini beradi.

GINEKOKRATIYA

GINEKOKRATIYA (Yunoncha qune — ayol va kratos — hokimiyat) — ayollar hokimiyati. Jamiyat taraqqiyotining xo’jalikda, ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollar hukmronligidan iborat bosqichi. Fanda ko’pincha matriarxat termini ishlatiladi.

GIMN

GIMN (Yunoncha hymnos) — tantanavor qo’shiq, she’r. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar sha’niga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bag’ishlangan Gimnlar paydo bo’lgan..

GILBERT FAZOSI

GILBERT FAZOSI — Evklid fazosi tushunchasini cheksiz o’lchovli hol uchun umumlashtiruvchi matematik tushuncha. Nemis matematigi D. Gilbert tekshirgan. Matematikaning turli sohalari va nazariy fizikada qo’llaniladi.

GILBERT

GILBERT — SGS va SGSM birliklar tizimlarida magnit yurituvchi kuch birligi. U. Gilbert (1544-1603) sharafiga qo’yilgan. Gb bilan belgilanadi. 1 Gb=0,796 A.