GEMO …

GEMO … (gem…, gemato…) (Yunoncha Haima — qon) — qo’shma so’z tarkibida kelib, o’zi qo’shilgan so’z ma’no ifodasidan qonga aloqadorlikni anglatadi.

GEMORRAGIYA

GEMORRAGIYA (Yunoncha haimorragia) — qon tomir devorlari shikastlanganda, o’tkazuvchanligi buzilganda qonning tashqariga chiqishi.

GEMOXROMATOZ

GEMOXROMATOZ (gemo… va Yunoncha chromatos — bo’yoq, rang) — irsiy kasallik; temir almashinuvining buzilishi, uning ichaklarda ko’plab so’rilishi hamda to’qima va a’zolarda to’planishi bilan ifodalanadi. Jigar tsirrozi, qandli diabet, teri … Read More

…GEN

…GEN (Yunoncha genes — kelib chiqishi, asli, tug’ma) — qo’shma suzning tarkibiy qismi bo’lib, biron narsadan hosil bo’lish yoki kelib chiqishni ko’rsatadi (masalan, kantserogen).

GENEALOGIYA

GENEALOGIYA (Yunoncha genealogia — shajara) — yordamchi tarix fanlaridan biri (17-18-asrlarda vujudga kelgan). Bilimlarning amaliy sohasi, Shajaralar tuzish. Urug’va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini o’rganadi.

…GENEZ

…GENEZ (Yunoncha genesis — kelib chiqish, yuzaga kelish) — qushma suz tarkibiy qismi, shakllanish, yuzaga kelish, hosil bo’lish kechimi, jarayoni bilan bog’liqlik ma’no ifodasini anglatadi (masalan, gistogenez va boshqalar).

GENIALLIK

GENIALLIK (lotincha genialis — Geniyga xos. samarali) — yuksak darajadagi iste’dod, inson ijodiy kuchlarining oliy darajada namoyon bo’lishi.

GENRI

GENRI — xalqaro birliklar tizimi (SN)da induktivlik birlik. J. Geiri sharafiga shunday nomlangan. Konturdagi tok 1 A ga o’zgarganda 1 s da berk zanjirda 1 V o’zindukiiya e.yu.k. hosil qiladigan … Read More