GLAUBER TUZI
GLAUBER TUZI — mirabilitnang boshqa nomi. Shu tuzni dastlab olgan nemis kimyogari I.R. Glauber (1604— 1670) nomi bilan atalgan.
GLAUBER TUZI — mirabilitnang boshqa nomi. Shu tuzni dastlab olgan nemis kimyogari I.R. Glauber (1604— 1670) nomi bilan atalgan.
GLENN JON (1921, Kembrij) -AQSh astronavti, iste’fodagi dengiz piyoda askarlari polkovnigi. AQSh tarixida 1-marta «Merkuriy» kosmik kemasida yer atrofi bo’ylab parvoz qilgan (1962 yil Fevral).
GLETCHER (nemischa gletsher, lotincha Glacies — muz) — muzlik terminining ko’p ishlatiladigan sinonimi.
GLIPTOTEKA (Yunoncha glyphos — kesma va theke — saqlanadigan joy) — gliptika yoki haykaltaroshlik asarlari to’plami; haykaltaroshlik muzeyi. Myunxen va Kopengagendagi Karlsberg Gliptotekalari mashhur.
GLIFTAL SMOLALAR — gliserinni ftalat angidrid bilan kondensatlab olinadigan sun’iy smolalar. Lok ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
GLOBAL (Fransuzcha global — umumiy, lotincha globus — shar) — 1) butun yer sharini qamrab oluvchi; 2) har tomonlama, to’liq, yalpi, universal.
GLESHOU (GLASHAW) SHELDON (1932) — amerikalik nazariyotchi-fizik. Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga oid. Elektromagnit va kucheiz o’zaro ta’sirning umumiy nazariyasini yaratgani uchun Nobel mukofoti laureati (1979; S. Vaynberg va A. … Read More
GNOSEOLOGIYA (Yunoncha gnosis — bilish va logos — ta’limot) — bilish haqidagi ta’limot.
…GNOZIYA (Yunoncha gnosis — ta’limot, fan) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, «bilim» so’zi ma’nosi ifodasini beradi (masalan, farmakognoziya).
GNOTOBIOTIKA, gnotobiologiya (Yunoncha gnotos — mashhur) — eksperimental biologiyaning bir tarmog’i; mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, soda hayvonlar), gelmintlar va boshqa parazitlardan xoli (steril) laboratoriya hayvonlarini yetishtirish bilan shug’ullanadi.