GIPERMETROPIYA
GIPERMETROPIYA (Yunoncha hypermetros— haddan tashqari va opos — ko’z).
GIPERMETROPIYA (Yunoncha hypermetros— haddan tashqari va opos — ko’z).
GIPO… (Yunoncha hypo — ostida, tagida) — qo’shma so’z tarkibiy qismi, o’zi qo’shilib kelgan so’zga: 1) quyida ekanlik (masalan, gipoderma); 2) me’yorga nisbatan pasayganlik (masalan, gipotoniya) ma’nolari ifodasini beradi.
GIPOVITAMINOZ (gipo… va vitaminlar) — organizmda vitaminlar yetishmasligi sababli kelib chikadigan kasallik holati.
GIPOGALAKTIYA (gipo… va Yunoncha galaktos — sut) — bola emizish davrida sut kamayib qolish holati.
GIPOKOTIL (gipo… va Yunoncha Kotyle — o’yiq) — o’simlik poyasining ildiz bo’ynidan to urutalla o’rnashgan joygacha bo’lgan qismi.
GIPOTENZIYA — qon tomirlari, kovak a’zolar yoki organism bo’shliqlarida gidrostatik bosimning past bo’lishi.
GIPPOKRAT OYCHALARI (o’roqchalari) — to’g’ri burchakli uchburchak katetlari va gipotenuzasini diametr sifatida qabul qilib chizilgan uchta yarim aylana bilan chegaralangan figuralar. Shu singari o’roqsimon shakllarni Gippokrat tekshirgan.
GOGENTSOLLERNLAR (Hohenzollern) — Branderburg kurfyurstlari (1415— 1701), Prussiya qirollari (1701 — 1918), Germaniya imperatorlari (1871 — 1918) sulolasi. Asosiy vakillari: Fridrix Vilgelm, Fridrix II, Vilgelm I, Vilgelm II.
GOVIND SINGH (1666.26.12-1708. oktabr) — sikxlarning o’ninchi va so’nggi diniy rahbari (gurusi). Sikhlar jamoasi boshlig’i (1675-1708). Sikhizmni isloh qilib, guru hokimiyatini sikh harbiy-diniy tashkiloti — xalsega topshirgan.
GOLDSTAYN (GOLDSTEIN) JOZEF LEONARD (1940) — amerikalik genetik olim. Odam va hayvonlar organizmida lipidlarnnt tashilishi va xolesterin almashinuvining boshqarilish mexanizmi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1985; M.S. Braun … Read More