GOLLANDIYA

GOLLANDIYA (Holland) — o’rta asr grafligi, so’ngra tarixiy Niderlandiya tarkibidagi viloyat, 17-18-asrlarda birlashgan viloyatlar Respublikasi (viloyat nomi bilan uni ko’pincha Gollandiya, Gollandiya Respublikasi deb qam atashadi) tarkibida. Hozirgi Niderlandiya (uni, … Read More

GOMEO…

GOMEO… (Yunoncha homois — o’xshash, bir xil) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilgan so’zlarga aynanlik, o’xshashlik, bir xildalik ma’no ifodasini beradi. Masalan, gomeostaz, Gomeopatiya.

GOMINIDLAR

GOMINIDLAR (lotincha homo — odam so’zidan) — primatlar turkumiga mansub oila. Hozirgi insoniyat (neoantroplar) dan boshlab, o’tgan ajdodlarning qamma vakillari (arxantroplar va paleoantroplar) kiradi. Gominidlar oilasiga, odatda, Avstralopiteksimonlarni ham kiritishadi.

GOMO…

GOMO… (Yunoncha homos — teng, bir xil, uyg’un, umumiy) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’xshash, yagona, ayni bir narsaga mansublik ma’nolari ifodasini bildiradi (masalan, gomomorfizm, gomofoniya).

GOMOGEN SISTEMA

GOMOGEN SISTEMA — bir fazadan iborat bo’lgan fizik-kimyoviy sistema. Bunday sistemaning har bir nuqtasida bosim r, temperatura T va kontsentratsiya S bir xil bo’ladi. Masalan, muz, suv, suv bug’i, gazlar … Read More

GOMOYOTERM HAYVONLAR

GOMOYOTERM HAYVONLAR (gomo… va Yunoncha therme — issiq) — issiq qonli hayvonlar; atrof muhit haroratiga qaramasdan tanasining ichki haroratini nisbatan bir xil darajada doimiy ushlab turadigan hayvonlar. Gomoyoterm hayvonlarga sut … Read More

GOMOMORFIZM

GOMOMORFIZM (gomo… va Yunoncha morphe — tur, shakl) — algebrada amallarni saqlaydigan, ya’ni ip(a*b)= = f(v) * f(6) xossaga ega akslantirish.

GONADALAR

GONADALAR (Yunoncha gone — keltirib chiqarish, gonao — keltirib chiqaraman) — hayvonlar va odamda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) va jinsiy gormonlar hosil qiladigan organlar.

GONDLAR

GONDLAR — Hindistondagi dravidlar guruhiga mansub xalq. 3,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Gondi tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, Hinduizmga, bir qismi an’anaviy diniy e’tiqodlarga amal qiladi.

GONDURASLAR

GONDURASLAR — xalq, Gondurasning asosiy aholisi (5,15 million kishi). Umumiy soni 5,3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, ispan-indeys metislari (ladino). Ispan tilining maqalliy lahjasida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar.