…GONIYA
…GONIYA (Yunoncha goneia — tug’ilish) — qo’shma so’z bo’lagi. Paydo bo’lish, kelib chiqish, tug’ilishni ifodalaydi. Masalan, kosmogoniya.
…GONIYA (Yunoncha goneia — tug’ilish) — qo’shma so’z bo’lagi. Paydo bo’lish, kelib chiqish, tug’ilishni ifodalaydi. Masalan, kosmogoniya.
GONKONG (Hongkong) — Syangan hududining inglizcha nomi.
GORDIMER (GORDIMER) NADIN (1923.20.5, Yoxannesburg) — JAR yozuvchisi. «Yolg’on kunlar» (1953), «Musofirlar yeri» (1958) va «kiborlar dunyosining aft-angori» (1966) romanlari, «ilonning nozik ovozi» (1952), «olti fut yer» (1956) va boshqa … Read More
GORIZONTALLAR, izogipelar — geografik xaritada dengiz (dunyo okeani) sathida nisbatan bir xil balandliqda bo’lgan nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar. Gorizontallar yer yuzasini relefi to’g’risida tasavvur beradi.
GRABOVSKIY BORIS PAVLOVICH (1901 — 1966) — televideniye ixtirochilaridan biri. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi (1965). I. F. Belyanskiy bilan hamkorlikda elektrotexnikaga oid tajribalar o’tkazib, buning natijasida elektron nur yordamida harakatdagi … Read More
GRAAF PUFAKCHASI (golland anatomi R. Graaf nomidan) — odam va sut emizuvchi hayvonlar tuxumdonida tuxum hujayra etiladigan pufakcha (Follikul). Yetilgan Graaf pufakchasi yorilgach, ichidagi tuxum hujayra qorin bo’shlig’iga tushadi, undan … Read More
GOH — qadimgi turkiy vaqt o’lchov birligi; qiymati chog’nit 1/8 ulushiga yoki soatning 1/4 iga, ya’ni 15 daqiqaga teng.
GRAVITATSION TO’LQINLAR -harakatdagi massalar bilan birgalikda tez nurlanayotgan o’zgaruvchan gravitatsion maydon; u o’z manbaidan «ajraladi» va xuddi elektromagnit nurlanishga o’xshab fazoda yorug’lik tezligida tarqaladi.