GRAVITON

GRAVITON — kuchsiz gravitasion maydon kvanti (zarrasi). Uning tortishish maydoni kvanti, sokinlik massasi va elektr zaryadi nolga, spini esa 2 ga teng. Hozirgacha tajriba yo’li bilan aniqlanmagan.

GRAD

GRAD (Gon) — o’lchov birliklari tizimiga kirmagan yassi burchak metrik o’lchov birligi; to’g’ri burchakning yuzdan bir ulushiga teng: g bilan belgilanadi (raqam tepasiga yoziladi). Masalan, 1K=0,0157 radian=0,900° (burchak darajalar.)

…GRAMMA

…GRAMMA (Yunoncha gramma — shakl, harf, yozuv) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, yozilgan, chizilgan narsaga daxldorlikni bildiradi. Masalan, xaritagramma, radiogramma.

GRAMM

GRAMM (Fransuzcha gramme) — SGS birliklar tizimida massaning asosiy va si tizimida ulush (0,001 kilogramm) birligi; g bilan belgilanadi. U suvning eng zich bo’ladigan temperaturasi (4° ga yaqin) da 0,2% … Read More

GUTIYLAR

GUTIYLAR (kutiylar, guteylar) — qadimgi yarim ko’chmanchi qabilalar (miloddan avvalgi 3-2-ming yillik). Hozirgi Eron yassitog’ligining g’arbida yashashgan. Miloddan avvalgi taxminan 2200 yilda Akkadni tor-mor keltirishgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Mesopotamiya … Read More