GUMASHTA
GUMASHTA — 1) 20-asr boshlariga qadar Turkistonda katta savdogar boylarning joylarda savdo ishlarini olib boruvchi ishonchli kishisi, vakili. U yirik savdogarlar va savdo firmalaridan nasiyaga olgan gazlama va boshqa sanoat … Read More
GUMANITAR (Fransuzcha Humanitaire — insoniy tabiat, bilimlilik) — inson shaxsiga, inson huquqi va manfaatlariga oidlikni anglatuvchi tushuncha. Masalan, Gumanitar muammolar, Gumanitar yordam, Gumanitar fanlar (Filologiya, san’atshunoslik, tarix va boshqalar).
GULSUNQALAM (dastasi yog’och po’lat asbob, qolip) yordamida buyum yoki muhr yuziga yotiq qilib qo’yib, ustidan bolg’a bilan urib turli uyma shakl (aylana, tuxumsimon, uch yoki to’rtburchak, donacha va boshqalar) tushiriladi.
GULSUN, qoqma — mis, oltin, kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari (bilaguzuk va boshqalar) hamda idishlar yuziga o’yilgan naqsh.
GULIGIY, gilo’giy (forscha— tomoqqa doir) — kuylash usuli.
GUGURTTOG’ — Turkmanistonning Janubi-sharqidagi shahar (1990 yildan), Ko’hitang tog’ining g’arbiy etagida, Amudaryodan shimolda, Mukri (Turkmaniston) temir yo’l stantsiyasi yaqinida. 1930-yillarda oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan vujudga kelgan. Aholisi 23,3 ming … Read More