GAZ-DIZEL
GAZ-DIZEL, gaz-suyuqlikli dvigatel — dizelsimon gaz dvigateli. Unda gaz-havo aralashmasi dvigatel tsilindrida yuz beradigan siqish jarayoni oxirida tsilindrga purkaladigan ozgina suyuq yonilg’idan alangalanadi. Gaz-dizel asosan gaz haydash qurilmalarida qo’llaniladi.