GABITUS

GABITUS (lotincha habitus — qiyofa, ko’rinish) — 1) organizmlarning tashqi qiyofasi, qaddi-qomatning umumiy ko’rinishini ifoda etuvchi belgilar majmui; 2) kristallarning tashqi ko’rinishi, qiyofasi. Gabitus uzunchoq prizma, piramida va kub shaklida … Read More

GABARDIN

GABARDIN (Fransuzcha gabardine, asl ma’nosi — uzun kamzul) — jun gazlama. Mayin qo’y junidan to’qiladi. Arkok va tanda iplarining o’ziga xos (sarja usulida) o’rilishi tufayli Gabardin sirtida 60-70° qiya yo’nalgan … Read More

GO’NIYA

GO’NIYA — uchburchak shakldagi duradgorlik asbobi. Yog’och (taxta) yoki metalldan yasaladi. Buyumlarga bezak chizishda, rejalash ishlarida ishlatiladi.

GO’RGON

GO’RGON — Kaspiy dengizidagi qo’ltiq, Eron sohillarida. Quruqlik ichkarisiga qariyb 60 kilometr kirib borgan. Kengligi 11 kilometr, chuqurligi 4 metrgacha. Dengizga Go’rgon bo’g’ozi orqali tutashgan. Qirg’oqlari past, botqoqlashgan. Sohilida Go’rgon, … Read More

GO’RXONA

GO’RXONA — maqbara tagidagi o’lik ko’mish uchun mo’ljallangan maxsus xona, yerto’la, Sardoba. Amir Temur maqbarasi, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda ansamblidagi ko’pgina maqbaralar tagida yerto’la Go’rxonasi bo’lgan.

GUARANI

GUARANI, gvarani — Paragvay pul birligi. 1943 yilda peso o’rniga chiqarilgan. Xalqaro ifodasi rus 1 Guarani = 100 santimo. Valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 1913,7 Guarani (1994).

GUARANI

GUARANI — 1) tupi-guarani guruhiga mansub indeys xalqlarining Janubiy tarmog’i. 2) Paragvaydagi indeys xalqlaridan biri. 30 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Guaranilar hozirgi paragvayliklarning shakllanishida qatnashmoqdalar. Guarani tilida so’zlashadilar. Dindorlari katoliklar.

GRUNTSHUNOSLIK

GRUNTSHUNOSLIK — gruntlarni ular ustiga turli inshootlar qurish imkoniyati nuqtai nazaridan o’rganadigan muhandislik geologiyasinnng bir sohasi.