«G’ULOMIYA»

«G’ULOMIYA» — oktyabr to’ntarishigacha Toshkentda toshbosma usuli bilan mahalliy tilda kitob nashr etilgan bosmaxona. 1889 yil G’ulom Hasan Orifjonov tomonidan dastlab muqovaxona, 1908 yil toshbosmaxona ochilgan. G’.H.Orifjonov o’zi ham o’zbek … Read More

G’ULOMGARDISH

G’ULOMGARDISH — ichkaridan tashqarini ayirib turuvchi to’siq; hovli yoki qo’rg’onning darvoza oldidagi usti berk yo’laksimon bostirma, dalon. Qadimda qal’a yoki qo’rg’ondagilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurilgan, darvoza oldidagi murakkab mudofaa inshooti … Read More

G’UNCHA

G’UNCHA — o’simliklarning gul kurtagi, yozilganda gulga aylanadi. G’uncha o’simliklarning oddiy barg kurtagidan yirikligi va uchining to’mtoqligi bilan farq qiladi. G’unchada gulning barcha qismlari shakllangan. Barg qo’ltig’idan hosil bo’lgan G’uncha … Read More

G’UNT

G’UNT — Tojlkiston Respublikasidagi daryo. Panj daryosining o’ng ir-mog’i. Uzunligi 296 kilometr, havzasining maydoni 13,7 ming kilometr kvadrat. Sharqiy Pomirdagi Janubiy Alichur tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Muzduayreksoy irmog’i quyilgungacha … Read More

G’URRAKLAR

G’URRAKLAR — kaptarsimonlar turkumiga mansub bir necha tur qushlarning umumiy nomi. Tanasi 14-30 santimetr. Yaltiramaydi, tomog’ida qora dog’lar bor. Dumi uzun. Yer yuzida keng tarqalgan. O’zbekistonda bir urug’ga mansub 4 … Read More

G’URRA YASARLAR

G’URRA YASARLAR, yong’oqyasarlar, pindiqchilar — pardaqanotlilarta mansub kenja turkum. Uzunligi, odatda, 1-5 millimetr, shox-dumlilar qurtida parazitlik qiladigan ibaliya urug’i turlarining uzunligi 25 millimetrgacha. 1900 ga yaqin turi bor; asosan, shim. … Read More

G’URIYLAR

G’URIYLAR — Suriylar xonadoniga mansub G’ur sultonlari sulolasi (1148— 1206). Aka-uka G’iyosiddin Muhammad (1162-1203) va Shihobiddin (Mu’iziddin yoxud Muhammad G’uriy; 1203— 06) davrida G’uriylar hozirgi Afg’onistonning deyarli barcha hududini, shuningdek, … Read More

G’O’SSOY

G’O’SSOY — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uzunligi 18 kilometr. Zarafshon tizmasining Chaqilikalon tarmog’idan Murinak dovoni yaqinidan boshlanadi. Darg’om kanaliga borib qo’shiladigan Selxona (Mo’minobod) soyiga quyiladi. Qor, yomg’ir, buloq suvlaridan … Read More

G’O’ZA UZUNTUMSHUQ QO’NG’IZI

G’O’ZA UZUNTUMSHUQ QO’NG’IZI, Meksika g’o’za uzunburuni (Apgpopotsh §gapsn$ vop.) — qattiq-qanotli (qo’ng’iz) lar turkumiga man-sub hasharot. AQSh va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 5,0— 5,5 millimetr, yosh qo’ng’izlar sarg’ish-qo’ng’irdan to’q … Read More

G’OZIYEVA KIMYOXON

G’OZIYEVA KIMYOXON (1949.6.5, Norin tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan Norin tumanidagi 8-, 11-maktablarda, 1995 yildan iqtidorli bolalar internat litseyida fizika o’qituvchisi.