Gorst
Gorst (nemischa gorst — tepalik) — yer po`stining uzilmalar bilan ajralib, ko`tarilgan qismi.
Gorst (nemischa gorst — tepalik) — yer po`stining uzilmalar bilan ajralib, ko`tarilgan qismi.
Gorizontallar, izogipslar (yunoncha izos — teng va gipsos — balandlik) — geografik xaritada dengiz sathidan bir xil balandlikdagi nutqalarni birlashtiradigan chiziqlar. Gorizontallar yer yuzasining relyefi to`g`risida tasavvur beradi.
Gnomon — qadimiy astronomik asbob. Tekis maydonga o`rnatilgan tik ustuncha. Gnomon soyasining uzunligi va yo`nalishiga qarab Quyoshning gorizontdan balandligini va azimutini aniqlash mumkin. Hozir quyosh soati sifatida qo`llaniladi.
Gneys – ko`p tarqalgan metamorfik tog` jinsi. Rangi oqish, kul rang, yashilsimon. Strukturasi slanetssimon qat-qat. Gneys tarkibida kvars, dala shpati, biotit, slyuda bo`ladi.
Glyatsiologiya (lotincha glatsiyez — muz va yunoncha logos — fan) — muzliklarning paydo bo`lishi, taraqqiyoti, xususiyati, atrofdagi muhit bilan o`zaro munosabati va ularning amaliy ahamiyati haqidagi fan.
Globus (lotincha globus — shar) — Yer sharining modeli, kichik nusxasi, globus butun yer yuzasini, uning geometrik konturlari o`xshashligini va maydonlar nisbatini saqlagan holda tasvirlaydi.
Glinozyom, giltuproq-alyuminiy oksidi. Alyuminiy rudalarini kimyoviy yo`l bilan ishlash natijasida hosil bo`ladi. Undan elektroliz yo`li bilan alyuminiy olinadi.
Gletcher (nemischa gletcher — muz) — tog`larda qor chizig`idan balandda ko`p yillar davomida to`planib qolgan muz.
Gley — tuproq kesmasining ko`kish-sarg`ish rangdagi strukturasiz zich gorizonti. Yer yuzasida suv yig`ilib qolishidan tuproqning o`ta namlanishi natijasida hosil bo`ladi. Tundra va boshqa botqoq yerlar uchun xarakterlidir.