Gumbaz bog’lash
Gumbaz bog’lash – gumbaz shaklidagi g’isht terish.
Gumbaz bog’lash – gumbaz shaklidagi g’isht terish.
Gulxayri – naqqoshlikda gulxayriga o’xshash bezak shakl.
Gultuvak – bezak kompozitsiyasida gul, buta ostidagi tuvaksimon naqsh shakli.
Gulmix – qubbador qalpoqli mix. Eshik bezaklarida jez, temir gulmixlar qo’llaniladi.
Gulqog’oz yopishtirish – uylar, kvartiralar, ofis va boshqalar devorlarining sirtini gulqog’oz bilan qoplash jarayoni.
Gulqog’oz (oboy) – qog’ozga asoslangan (odatda rulonli) pardozlash materiali, turar joy va jamoat binolarida devor va shiftlarga yopishtirish uchun qo’llaniladi. Masalan: namga chidamli gulqog’oz, tukli paxmoq gulqog’oz, yaltiroq gulqog’oz, manzarali … Read More
Gulband – naqshda gul asosid yaratilgan band, gulchambar.
Gulbadov – yer ostidan o’tkazilgan maxsus issiq tutun yo’li. Mahalliy hammomlarda, umuman qadimgi isitish qurilmalarida keng qo’llanilgan. Ko’hna Urganchdagi To’rabekxonim xonaqohining tagidan isitish uchun mo’ljallangan gulbadov quvurlari topilgan.
Gul – 1) islimiy naqshlarda gul shakli; 2) o’simliksimon naqshlarning umumiy nomi.