Gomilopatiya nima degani
Gomilopatiya nima degani — ruhiy kasalliklarning umumiy nomlanishi, bemor va atrofdagilar o’rtasida munosabat, aloqalar buzilgan, hayotiga aralashish, qamoqxona psixozi va boshqalar.

Gomilopatiya nima degani — ruhiy kasalliklarning umumiy nomlanishi, bemor va atrofdagilar o’rtasida munosabat, aloqalar buzilgan, hayotiga aralashish, qamoqxona psixozi va boshqalar.
Gomilofobiya nima degani — atrofdagilar diqqat markazida bo’lish, kulgili va bechora holatga tushishdan cho’chib, odamlar bilan aloqadan hamda hamsuhbat bo’lishdan qo’rqish.
Goniotomiya nima degani — ko’z oq pardasining veva sinusi orqali suvli namlikning oson oqishini ta’minlash maqsadida ko’z oldi kamerasi burchagi to’sig’ini kesib ochish. Tug’ma glaukomada qo’llaniladi.
Gorbatost, bukrilik nima degani — umurtqa pog’onasining odatda ko’krat qafasi sohasida orqaga chiqqan do’ng va xiyol kompensator lordoz bilan o’tadigan bir tekis bukilishi.
Gornaya bolezn, balandlik kasalligi nima degani — nafas olayotgan havoda gazlarning parsial bosimi tez va juda pasayib ketganda paydo bo’luvchi patologik holat; yurak tez urishi, bo’g’ilishi, mehnat faoliyati pasayib ketishi, … Read More
Gormonoterapiya, gormonlar bilan davolash nima degani — gormonal preparatlarni davolash maqsadlarida ishlatish. Gormonoterapiya biror bir ichki sekretsiya bezining ishi izdan chiqqanda uning o’rnini bosadigan, faoliyati susayganda kuchaytiradigan, ortiqcha gormon ishlab … Read More
Gorb, bukri nima degani — umurtqa pog’onasining o’tkir burchakli bo’rtmasi (burchakli kifoz), silda, spondilitda va boshqa kasalliklarda umurtqalar tanalarining buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Gonoreya, so’zak nima degani — gonokokk keltirib chiqaraddigan, asosan, siydik-jinsiy a’zolar shilliq pardalari shikastlanadigan odamning tanosil kasallik.
Granulotsit nima degani — donachali leykotsitlar, sitoplazmasi donachalangan leykotsitlar, masalan, miyelotsitlar va yadrosining shakli har xil leykotsitlar (neytrofillar, eozinofillar va baozfillar).
Gripp nima degani — nafas yo’llarining o’tkir virusli isitma bilan kechadigan kasalligi, asosan, nafas yo’llari shilliq qavati yallig’lanib, intoksikatsiya bilan kechadi va aytarli uzoq davom etmaydi.