HAVO AYLANISHI

HAVO AYLANISHI (TSIRKULYATSIYASI) — yer sirtida qalin (o’nlarcha kilometrgacha) havo (atmosfera) qatlamining o’ziga xos ko’chib yurishi; to’xtovsiz yuz berib turadi. Ko’p yillik shamol xaritalari va atmosfera bosimlarining o’rtacha ko’rsatkichlari bo’yicha … Read More

HABIBOV MUQIM AZIZOVICH

HABIBOV MUQIM AZIZOVICH (1916 — Andijon — 1979.21.11) — dirijyor, bastakor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). Namangan musiqa bilim yurtini tugatgan (1936). 1934-52 yillar Andijondagi turli teatrlarda dirijyor, 1952 … Read More

HABIB ASADULLO

HABIB ASADULLO (1941, Maymana shahri) — afg’on yozuvchisi, adabiyotshunos. 70— 80-yillar dari adabiyotida vujudga kelgan «yangi she’r» oqimining taniqli namoyandalaridan. Kobul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1961). Dastlabki hikoyalar to’plami — … Read More

H

H — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz beshinchi harfi. Bo’g’izda hosil bo’luvchi, sirg’aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. Qo’llanishiga ko’ra, uncha faol emas, asosan, Arab va fors tillaridan o’zlashgan so’zlarda yoziladi. So’zning boshi … Read More

HAZRATI SULTON CHO’QQISI

HAZRATI SULTON CHO’QQISI -Surxondaryo viloyatidagi cho’qqi, balandligi 4688 metr. Hisor tizmasi suvayirg’ich qismining janubrog’ida. Kishtut daryosining boshlanish qismida joylashgan. O’zbekistonning eng baland nuqtasi. Atrofidagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib … Read More

HAKIMOV OLIM

HAKIMOV OLIM (1919.12.5 -Bo’stonliq tumani, Burchmulla qishlog’i — 2003.20.11) — 2-jahon urushi qatnashchisi, mayor. 1939 yildan armiyada. 1941 yil Leningrad harbiy siyosiy bilim yurtini tugatgan. 487-o’qchi polki bataloni (1-Belorussiya fronti … Read More

HAMIDOV HALIM

HAMIDOV HALIM (1937.22.8, G’ijduvon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1959). 1959 yildan Qiziltepa tumanidagi maktabda tarix o’qituvchisi. 1962 yildan G’ijduvon tumanidagi 1-maktabda, 1965 yildan 2-internat maktabda … Read More

HAMROYEV KOMIL MO’MINOVICH

HAMROYEV KOMIL MO’MINOVICH (1944.9.8, Jondor tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Jondor tumanidagi 5-maktabda matematika o’qituvchisi, o’quv bo’limi mudiri, 1970-2004 yillarda 6-maktabda … Read More

HAMROYEVA BO’RITOSH

HAMROYEVA BO’RITOSH (1950.9.7, Qarshi shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Qarshi shahridagi 4-, 1977-2002 yillarda 5-maktabda kimyo fani o’qituvchisi.

HAMROYEVA OYDINNISO

HAMROYEVA OYDINNISO (1952.30.7, Kattaqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi alqo ‘qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1978). 1972 yildan Kattaqo’rg’on tumanidagi 35-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 4995 yildan maktab direktori o’rinbosari.