IRBID

IRBID — Iordaniya shimolidagi shahar. Aholisi 208 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tuguni. Don, zaytun yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi rayonining markazi. Hunarmandchilikda uy-ro’zg’or asboblari ishlab chiqariladi. Irbidda sanoat zonasi … Read More

IRAKLIY

IRAKLIY (575-641) – Vizantiya imperatori (610 yildan). Karfagen ekzarxi (noibi)ning o’g’li. Irakliy Foka (?— 610) ni taxtdan ag’darib hokimiyatni egallagan. Irakliy 626 yil avarlar va slavyanlarning Konstantinopolga qilgan hujumini qaytargan. … Read More

IPOX

IPOX — Malayziyaning g’arbiy qismidagi shahar. Perak shtatining ma’muriy Markaziy. Malakka yarim orolining g’arbiy sohili bo’ylab o’tgan temir yo’l magistrali yonida joylashgan. Aholisi 380 ming kishidan ziyod. Qalay qazib olinadigan … Read More

IPAK PAXTA

IPAK PAXTA — ingichka tolali g’o’zalar paxtasining xalq tilida nomlanishi. Ipakdek mayin, tolasi uzun, silliq va tovlanuvchan bo’lganidan shunday nom olgan.

IO

IO — Yupiter sayyorasining eng katta yo’ldoshlaridan biri, 1610 yilda G. Galiley ochgan. Yupiterdan 422 ming kilometr uzoqlikda, siderik aylanish davri 1 sutka 18 soat 28 minut. Diametri 3630 kilometr. … Read More

INFLYUENTSA

INFLYUENTSA (italyancha infl uenza, lotincha infl uo — tarqalaman) — 1780-82-yillarda gripp yoppasiga tarkalganda unga berilgan nom.

INFINITIV

INFINITIV (lotincha modus infi nitivus — noaniq) (fe’lning noaniq shakli) — fe’lning harakat (holat, jarayon)ni anglatadigan, shaxs, son va mayl kategoriyalarini ko’rsatmaydigan shakli (masalan, bormoq, o’qimoq).

INFILTRASIYA

INFILTRASIYA (lotincha in — ichiga va fi ltratio — sizish) — g’ovak, yoriq va boshqa kichik bo’shliqlar bo’ylab atmosfera va yuza suvlarning tog jinsi va tuproqqa sizib kirishi. Grunt va … Read More

INTRODUKTSION KO’CHATZOR

INTRODUKTSION KO’CHATZOR — iqlim sharoiti boshqacha mamlakat va o’lkalardan keltirilgan qishloq xo’jalik o’simliklarini ekish, o’rganish va ko’paytirish uchun ajratilgan maydon (dala). Ko’chatzordan selektsiya ishida foydalanish uchun boshlang’ich material sifatida ayrim … Read More