IZOMETRIK TUZILISH

IZOMETRIK TUZILISH — magmatik va cho’kindi jinslarga, ba’zan, rudalarga xos tuzilish. Izometrik tuzilishni tashkil etuvchi mineral donachalari yumaloq bo’lib, uzunligi va eni bir-biriga yaqin. Izometrik tuzilish magmatik va cho’kindi jinslarda … Read More

IZOGIETALAR

IZOGIETALAR (izo… va Yunoncha hunsos — yomg’ir) — sutka, oy, yil uchun yog’in miqdori izochiziqlari yoki oy yoxud yil uchun oy yoki yillik o’rtacha ko’p-yillik yog’in miqdori.

IZOBARA

IZOBARA (izo… va Yunoncha baros — vazn, og’irlik) — sistemadagi izobarik jarayoni termodinamik holat diagrammasida ifodalaydigan chiziq.

IJORLAR

IJORLAR (o’zlarini izuri deb ataydilar) — xalq. Rossiya Federatsiyasida (Leningrad viloyatida 449 kishi, 1990- yillar o’rtalari), Estoniyada (306 kishi) yashaydilar. Ijor tilida so’zlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.

IJOR YERI

IJOR YERI (ijora) — 12-18-asrlarda ijorlar yashagan Neva qirg’oqlari va Ladoga ko’lining Janubi-g’arbidagi (hozirgi Leningrad viloyatining bir qismi) hududning tarixiy nomi. 1228 yildan Ulug Novgorod mulki, 1478 yildan Rossiya davlati … Read More

«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI

«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI — nashriyot. 2000 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi boshqaruviga qaraydi. «Gulxan», «G’uncha», «klass», «tong yulduzi», «Sog’lom avlod», «Zerkalo … Read More

IJMO

IJMO (Arabcha — yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror; ijmo al-Umma — diniy jamoaning yagona fikri) — Qur’on va hadislarda aniq ko’rsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning … Read More

IJEVSK

IJEVSK (1984-87 yillarda Ustinov) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1918 yildan), Udmurtiya Respublikasi poytaxti. Kama daryosidan 40 kilometr narida, ij daryosi sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 653 ming kishi (1990- yillar … Read More

IERUSALIM

IERUSALIM (qadimgi yahudiy tilida Ierushalaim; osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qadimgi Misr yozuvlarida Shalam; Arab mamlakatlarida Al-Quds, O’rta Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan ma’lum) — Falastin (tarixiy viloyat) dagi shahar.