ISTE’MOLCHILAR XARID QOBILIYATI
ISTE’MOLCHILAR XARID QOBILIYATI — iste’molchilarning o’zlariga zarur tovarlar (xizmatlar) ni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlari bo’lib, xarid fondlarining tovarlar narxlarida ifodalangan shakli.

ISTE’MOLCHILAR XARID QOBILIYATI — iste’molchilarning o’zlariga zarur tovarlar (xizmatlar) ni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlari bo’lib, xarid fondlarining tovarlar narxlarida ifodalangan shakli.
ISTE’MOLCHINING MUSTAQILLIGI (suvereniteti) — iste’mol huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil yo’nalishi bo’lib, tovar va xizmatlar bozorida iste’molchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yo’riqnomalar majmuyidan iborat.
ISTE’MOLCHILAR XARID FONDLARI — iste’molchilar (aholi) pul daromadlarining tovarlar sotib olish uchun mo’ljallangan va ajratilgan qismi.
ISTE’MOLCHILAR PANELI — ko’p marta marketing tadqiqotlari uchun maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmuyi.
ISTE’MOLCHI ULUSHI — bozor ulushini kengaytirishdan iste’molchilar sonini ko’paytirishga o’tish. Buning uchun kompaniyalar dolzarb iste’molchilarga tovarlarning kengaytirilgan assortimentini taklif etadilar, xodimlarni o’zaro o’rnini bosuvchi tovarlarni sotishga va savdo hajmini oshirishga … Read More
ISTE’MOLCHI ORTIQCHALIGI (YUTUG‘I) — iste’molchi tovarlar uchun to’lashi mumkin bo’lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to’langan narxlar ayirmalarining yig’indisi.
ISTE’MOLCHI JAMOA — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa jamoalar.
ISTE’MOLCHI — o’z ehtiyojini qondirish uchun mahsulot, tovar, xizmatlardan foydalanadigan shaxs, oila, jamoa, korxona, tashkilot, muassasa.
ISTE’MOL TOVARINING XIZMAT MUDDATI — mahsulotning o’z iste’mol xossalarini yo’qotmay saqlab turish davri.
ISTE’MOL TOVARLARI — insonlarning bevosita ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlar, masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, maishiy xizmatlar va shu kabilar.