INTERMODAL MARKAZ
INTERMODAL MARKAZ — yuk tashishlar bo’yicha xalqaro kommunikatsiya va logistika markazi.

INTERMODAL MARKAZ — yuk tashishlar bo’yicha xalqaro kommunikatsiya va logistika markazi.
INTENSIV RIVOJLANISH YO’LI — intensiv, jadallik, tezlik bilan rivojlanish yo ‘li. Ishlab chiqarishga tobora samaraliroq ishlab chiqarish vositalari va texnologik jarayonlarni qo’llash, mehnatni tashkil etishning ilg’or usullari, fan-texnika jarayoni yutuqlaridan … Read More
INTENSIV TAQSIMOT — tovar zaxiralari naqdligini iloji boricha son jihatdan ko’proq savdo korxonalarida ta’minlash.
INTENSIV IQTISODIY O’SISH — ishlab chiqarish jarayonini ishlab chiqarish maydonlaridan, ish o’rinlaridan ishlab chiqarishni ikki, uch smenali tashkil etish yoki ekin maydonlaridan ikki marotaba hosil olish, hosildorlikni oshirishga aytiladi.
INTELLEKTUAL MULK (AQLIY MULK) — ijodiy aqliy mehnat mahsuli. Fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, asarlari, jumladan, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, EHM uchun … Read More
INTELLEKTUAL INVESTITSIYALAR — mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litsenziya va nou-xau berish, mualliflik huquqi va boshqalar.
INTELLEKT — shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o’zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to’plami.
INTEGRATSIYA — 1. Turli bo’limlar, elementlar harakatining bir butunga birlashish jarayoni. 2. Iqtisodiy integratsiya — iqtisodiy subyekt (davlat, korxona, firma)larning iqtisodiy, texnologik munosabatlarning o’zaro bog’liqligi oshishi natijasida vujudga keladi. Vertikal … Read More
INSTRUKSIYA — instruksiya, yo’l-yo’riq, qo’llanma, ko’rsatma; qonun yoki boshqa normativ aktni tushuntirish maqsadida chiqariladigan hujjat.
INSTITUTSIONAL SIYOSAT — davlat tomonidan mulkchilik, mehnat, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish, eskilarini yo’qotish, mavjudlarini transformatsiyalash bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, xatti-harakatlar.