IXTILOFLARNI HAL QILISH
IXTILOFLARNI HAL QILISH — ularning sabablari va oqibatlariga barham beradigan jarayon yoki aniq maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
IXTILOFLARNI HAL QILISH — ularning sabablari va oqibatlariga barham beradigan jarayon yoki aniq maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
IXTILOFLI VAZIYAT — tomonlarning biron-bir xususda qarama-qarshi, ziddiyatli nuqtayi nazari, ziddiyatli maqsadlarga intilishi, ularga erishish uchun turli-tuman vositalardan foydalanishi, manfaatlar, istaklarning bir-biriga mos kelmasligi va shu kabilar.
IXTIRO — turli sohalardagi mahsulot (xususan; qurilma, modda, mikroorganizm shtamplari, o’simlik va hayvonlar hujayralari) yoki usul (moddiy vositalar yordamida moddiy obyektlar ustidan harakatni amalga oshirish jarayoni)ga tegishli texnik yechim.
IZOKVANT KARTA — izokvantlar jamisi, ularning har biri, qo’llanilayotgan resurslarning har xil birikmalarini qo’llashda erishish mumkin bo’lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko’rsatadi.
IZOKOSTA — yig’indisi bir xil yalpi xarajatga teng bo’lgan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.
IZOHLASH (TUSHUNTIRISH) — og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo’lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
IXTIYORJY SUG’URTA — tomonlarning xohish-irodasiga ko’ra amalga oshiriladigan sug’urta.
IXTISOSLASHUV — ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishga moslashuvidir. Ixtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti turadi.
IXTISOSLASHTIRISH — 1. Faoliyatni biron-bir mashg’ulotga, kasb-hunarga yo’naltirish; ijtimoiy mehnat taqsimoti shaldlaridan biri. 2. Bironbir cheklangan sohada ma’lumot olish. 3. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, sanoatda, qurilishda, qishloq xo’jaligida, xizmat ko’rsatish sohasida … Read More