ISHLAB CHIQARISHNING DIVERSIFIKATSIYASI
ISHLAB CHIQARISHNING DIVERSIFIKATSIYASI — bir tomonlama, ko’pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulodarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish.
ISHLAB CHIQARISHNING DIVERSIFIKATSIYASI — bir tomonlama, ko’pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulodarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish.
ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH — ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning … Read More
ISHLAB CHIQARISHNI YIRIKLASHTIRISH — mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil qilish.
ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH — sanoat ishlab chiqarishining turlibosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo’llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishga … Read More
ISHLAB CHIQARISHNI KIMYOLASHTIRISH — mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va suniy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH — yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo’lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi.
ISHLAB CHIQARISHDAGI YAROQSIZ MAHSULOT — o’z sifatiga ko’ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to’g’ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotlar.
ISHLAB CHIQARISHDAGI BOSHQA SOLIQLAR — soliq korxona u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etganligi uchun solingan soliqdan tashqari barcha soliqlar.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI INFLYATSIYASI — ish vaqti va xomashyoga narxlarning ko’tarilishi natijasida jami taklifning qisqarishi asosida yuzaga keladigan inflyatsiya, bunda ishlab chiqarishning real hajmi va bandlik darajasi pasayadi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI — u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda qo’llaniladigan usullar tizimi.