Idigul
Idigul-hayit (bayram) kuni tug’ilgan, guldek ko’rkam qiz
Idigul-hayit (bayram) kuni tug’ilgan, guldek ko’rkam qiz
Idibek-hayit kuni tug’ilgan va beklar avlodiga mansub bola
Ibtihoj-xursand, shod, quvnoq
Ibrohim-“Bibliya” dagi Abraam ismining arabcha shakli bo’lib, “xalqlar otasi” ma’nosini anglatadi. Rivoyatlarga ko’ra, Ibrohimning Isxoq va Ismoil degan o’g’illari bo’lgan. Isxoqdan yahudiy xalqi, Ismoildan esa arablar tarqalgan
Ibrat-namuna, o’rnak, ibrat (boshqalarga ibrat bo’larli solih mo’minlardan bo’lsin, degan niyatda qo’yiladigan ism) yoki nasihatni qabul qiluvchi bola. Shakli: Ibratjon.
Ibray-Ibrohim ismining qisqargan shakli
Ibocha-uyatli, andishali, jajji, kenja qiz
Iborat-xabar beruvchi; so’zlovchi, notiqa
Ibodulla// Ibodulloh-Allohning qullari-bandalaridan biri
Ibodiddin-dinning bandalari, qullari; dinga sig’inuvchilar, mo’min-musulmonlar