Iqtisodiy ta’lim
Iqtisodiy ta’lim-uzluksiz ta’lim jarayonida yoshlarga iqtisodiy bilim berishga yo’naltirilgan o’quv fani, ta’lim sohasi.
Iqtisodiy ta’lim-uzluksiz ta’lim jarayonida yoshlarga iqtisodiy bilim berishga yo’naltirilgan o’quv fani, ta’lim sohasi.
Iqtisodiy tarbiya-o’quvchilarni asosiy iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish, ularda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish va iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko’nikmalarini shakllantiradigan tarbiya turi.
Iqtisodiy muvofiqlik-ta’lim tizimi uchun ajratilgan mablag’larni samarali, maqsadli sarflash tizimi.
Iqtisodiy madaniyat o’quv predmeti-iqtisodiy bilim asoslari fanining boshlang’ich kursi, iqtisodiy bilimlarni o’rgatishga mo’ljallangan mustaqil o’quv predmeti.
Iqtisodiy geografiya-mamlakat xo’jaligi tizimi, ishlab chiqarish va xo’jalik ishlari hududiy joylashuvi qonuniyatlarini o’rgatuvchi o’quv predmeti.
Iqtidorlilik-insonga yanada yuksalish, faoliyatning bir yoki bir necha sohalari bo’yicha boshqalarga qaraganda yuksak natijalarga erishish imkonini beruvchi tizimli, rivojlanuvchan ruhiy xususiyat.
Iqtisodiy bilim asoslari Davlat ta’lim standarti — iqtisodiy bilim asoslari ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Iqtisodiy bilimlar asosida o’qitish metodikasi-1) iqtisodiy bilimlar asosida ta’limni nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) iqtisodiy bilimlar asosida o’qitish metodikasi xususiy … Read More
Iqtidor-o’quvchi yoki talabaning kuch-qudrati yoki biror muammoni hal qilishga qodirligining ifodasi.
Ishchilar fakulteti (rabfak)-O’zbekistonda o’rta ma’lumoti bo’lmagan ishchi va dehqonlarni oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorlash maqsadida ochilgan umumiy ta’lim o’quv yurti.