Ilmiy unvon
Ilmiy unvon-oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon.
Ilmiy unvon-oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon.
Ilmiy taxmin-muammoni yechishning taxminiy yo’lini ilmiy tasdiqlash usuli.
Ilmiy tadqiqotchilik faoliyati-ta’lim oluvchining mustaqil izlanish, muayyan ilmiy muammoni hal qilishga qaratilgan faoliyati.
Ilmiy tadqiqot institutlari-fan, texnika, ishlab chiqarish sohalarida ilmiy tadqiqot olib boradigan muassasa.
Ilmiy tadqiqot-yangi bilimlar va nazariyalarni aniqlash jarayoni.
Ilmiy-ommabop adabiyot-xalq ommasi fan va texnika masalalari, yutuqlari hamda fan arboblari tarjimai hollari bilan tanishtirish uchun mo’ljallangan nashrlar (kitob, risola, jurnal va boshqalar).
Ilmiy mavzu-tadqiqot uchun tanlangan mavzu.
Ilmiy kengash-oliy o’quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasasining ilmiy va tashkiliy faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda undagi asosiy masalalarni ko’rib chiquvchi boshqaruv tuzilmasi.
Ilmiy ishlanmalar bozori — ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va turli loyihalar oldi-sotdi qilinadigan bozor, bozorning yirik segmenti.
Ilmiy-ijodiy faoliyat ko’nikmasi-shaxsning mustaqil rivojlanishiga, uning faol va ijodiy ibtidosiga yo’naltirilgan faoliyat.