Innovatsion pedagogik loyiha
Innovatsion pedagogik loyiha-qabul qilingan va qismlarga ajratilgan innovatsion pedagogik g’oya, fikr.
Innovatsion pedagogik loyiha-qabul qilingan va qismlarga ajratilgan innovatsion pedagogik g’oya, fikr.
Innovatsion menejment-menejment kurslaridan biri, “menejment” ixtisosligi bo’yicha yuksak malakali mutaxassisni tayyorlash dasturining tarkibiy qismi. Ta’limning yangicha boshqaruv tizimi.
Innovatsion vaziyat-pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan vaziyat.
Innovatlar-ixtiro qilingan yangiliklarning muallifi.
Inklyuziv ta’lim-bolalarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan maxsus ta’lim jarayoni.
Induktsiya (lotincha induction to’g’rilash, tartibga keltirish)-oddiydan murakkabga qarab fikrlash.
Inkorporatsiya-tizimli yondashuv asosida turli fanlarga oid bilimlarni uyg’unlashtirish.
Indikator-o’quv jarayoni yoki ta’lim ob’yektining holatini ta’lim oluvchi idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob.
Individuallik-1) muayyan hodisa va narsa, shaxs va jonivorning o’zigagina xos, betakror, xususiy belgilari; 2) inson ruhiyatining o’ziga xosligi, betakrorligi.
Individullashtirilgan o’qitish texnologiyasi-o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor bo’lgan ta’lim jarayoni.