Issiqlik to’plovchi
Issiqlik to’plovchi – materialning issiqlikni ushlab turish xususiyati, bu materialning o’ziga xos issiqlik sig’imi, uning zichligi va issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq.
Issiqlik to’plovchi – materialning issiqlikni ushlab turish xususiyati, bu materialning o’ziga xos issiqlik sig’imi, uning zichligi va issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq.
Issiqlik texnikasi (fan sohasi) – issiqlik olish, aylantirish, uzatish va ishlatish usullarini, shuningdek, issiqlik mashinalari, agregatlari va qurilmalarining issiqlik va bug’ generatorlarining ishlash prinsipi va konstruktiv xususiyatlarini o’rganadigan umumiy texnik … Read More
Issiqlik texnigi – issiqlik muhandislik uskunalari, issiqlik tarmoqlari, issiqlik energiyasini iste’mol qiladigan qurilmalarni o’rnatish, ishga tushirish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik mutaxassis. Bunday ishchilar issiqlik stansiyalari va qozonxonalarda qozonxonalarga, … Read More
Issiqlik ta’minoti – turar joy, jamoat va sanoat binolari va texnologik iste’molchilarni, isitish, shamollatish, issiq suv bilan ta’minlash tizimlarini issiqlik tashuvchi (issiq suv yoki bug’) yordmida issiqlik bilan ta’minlash.
Issiqlik tashuvchi – issiqlik energiyasini uzatish uchun ishlatiladigan suyuq yoki gazsimon modda. Amalda ko’pincha suv, glitserin, propilen glikol, neft moylari, metall eritmalari, havo, azot, freonlar va boshqalar ishlatiladi.
Issiqlik tarmog’i – issiqlik manbaiga iste’mochilarga issiqlik tashuvchi (issiq suv yoki bug’) o’tadigan quvuro’tkazgichlar (issiqlik o’tkazgichlar) yig’indisi.
Issiqlik singdirmaydigan – issiqlik singdirish atamasiga qarama-qarshi.
Issiqlik sig’imi – ma’lum bir tanani 1o ga ko’tarish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori. Masalan: gruntning issiqlik sig’imi, muzlagan gruntning issiqlik sig’imi, solishtirma issiqlik sig’imi, foydali issiqlik sig’imi va hokazolar.
Issiqlik singdirish (issiqlik singdiruvchanlik) – to’siqdan o’tadigan issiqlik miqdori to’siqning bir va boshqa tomonidagi havo haroratining farqiga, to’siq maydoni va issiqlik uzatiladigan vaqtga mutanosibligi.
Issiqlik saqlagich – issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan material ichidagi issiqlikni izolyatsiyalovchi material qatlami.