Jabroil, Gavriil
Jabroil, Gavriil-to’rt buyuk farishtaning biri, payg’ambarlarga vahiy keltirishga ma’mur qilingan deb tushuniladi, u Jibril, Ruh ul-amin, Ruh ul-quds, Nomusi Akbar ham deyilgan.
Jabroil, Gavriil-to’rt buyuk farishtaning biri, payg’ambarlarga vahiy keltirishga ma’mur qilingan deb tushuniladi, u Jibril, Ruh ul-amin, Ruh ul-quds, Nomusi Akbar ham deyilgan.
Jo’chi ulusi-Chingizxon imperiyasining bo’linishi natijasida 1224 yili uning o’g’li Jo’jixonga tekkan mulk, ulus. Jo’chi ulusi Irtishdan Ural (Yoyiq) tog’larigacha va g’arbda mo’g’ul oti to’yoqlari yetgan yergacha bo’lgan o’lkalarni qamrab olgan. … Read More
Jo’gi-lo’lilarning ayrim o’zbek shevalarida nomlanishi. Jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida lo’lilar shu atama bilan ifodalanadi.
Jo’va-xamir yoyish uchun ishlatiladigan kalta o’qloq. Jo’va qattiq yog’och, odatda o’rik, tut, yong’oq, olma yog’ochlaridan tayyorlangan.
Juldu-hadiya, tuhfa.
Julga-vodiy, o’tloq, ko’kalamzor.
Juzdon-O’rta Osiyoda o’rta asrlarda qog’oz hujjatlar solib yuriladigan maxsus charm papka juzgir – juzdon deb atalgan.
Juz (Yuz)-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabila uyushmalarida biri bo’lib, yuzning “j”lovchi shevalaridagi nomi.
Jud-in’om, ehson; sahiylik, qo’li ochiqlik.