KEYP-KOST

KEYP-KOST — Gananing Janub qismidagi shahar. Markaziy viloyatning ma’muriy markazi. Aholisi 100 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Gvineya qo’ltig’i sohilidagi baliq ovlash porti. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatning … Read More

KEBNEKAYSE

KEBNEKAYSE — shimoliy Skandinaviya tog’laridagi cho’qqi, Shvesiya hududining eng baland joyi (2123 metr). Gabbro, kvarsli sienitlardan tuzilgan. Bir nechta alohida ajralgan muzliklar bor. Muzlik va baland tog’larni o’rganuvchi ilmiy stansiya … Read More

KVORUM

KVORUM (lotincha quorum — qatnashuvchilar) — yig’ilish, Majlis qatnashchilarining qonuniy huquqqa, huquqiy kuchga, vakolatga ega bo’lgan, qarorlar qabul qilish uchun qonunda yoxud jamoat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan zarur soni.

KVATERNION

KVATERNION (lotincha quaterni — to’rttadan) — kompleks son tushunchasining umumlashmasi. Kvaternion a+bi+cj+dk ko’rinishiga ega, a, b, s, d — haqiqiy sonlar, /’, J, k — uchta mavxum birlik. Kvaternion uchun … Read More

KVARS SHISHA

KVARS SHISHA — sintetik yoki ta biiy (tog’ billuri, kvars qumi va boshqalar) kremniy ikki oksidini eritib olinadigan shisha. Shaffof (optik, juda toza, texnik) va xiraroq xillari bo’ladi. O’tga chidamliligi, … Read More

KVARTERONLAR

KVARTERONLAR (ispancha — cuarteron, cuarto — chorak) — Amerikada mulatlar bilan yevropeoid irq vakillari o’rtasidagi nikohdan tarqalgan avlod. Ular terisining rangi mulatlarga nisbatan ancha oqishroq bo’ladi.

KVANJU

KVANJU — Koreya Respublikasining Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. Cholla-Namdo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1995). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki mahsulotlari), harbiy, mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari, universitet … Read More

KVAZI…

KVAZI… (lotincha quazi — go’yo, huddi) — qo’shma so’zlar bo’lagi; «mavhum», «soxta», (mas, kvaziolim), «deyarli», «yaqin» (masalan, kvazizarralar, kvazioptika, kvaziimpuls, kvazipullar) kabi ma’nolarni ifodalaydi.