KAMOLOV SOBIR KAMOLOVICH

KAMOLOV SOBIR KAMOLOVICH (1924.10.9, hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Chimboy tumani, Qorabug’a qishlog’i) — tarixchi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1979), O’zbekiston (1974) va Qoraqalpog’iston (1973)da xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori … Batafsil

Batafsil o‘qish

KAMON

KAMON (musiqada) — 1) bir uchidan ikkinchisiga qil tutami tortilgan tayoqcha; g’ijjak, skripka kabi torli cholg’u asboblarini chalish uchun ishlatiladi. Kamonning ishqalanishidan tor tebranib tovush chiqaradi. Tuzilishi jihatdan Kamonga nisbatan … Batafsil

Batafsil o‘qish

KALLIKRAT

KALLIKRAT (Kallikrates) – yunon me’mori. Miloddan avvalgi 5-asr o’rtalarida Afinada ishlagan. «Afinaning uzun devori» deb nomlangan qurilishda (miloddan avvalgi 457-445 yillarda) qatnashgan. Afina akropolidagi Parfenon (Iktin bilan hamkorlikda, miloddan avvalgi … Batafsil

Batafsil o‘qish

KALLISTO

KALLISTO — Yupiterning eng katta yo’ldoshi, 1610 yilda G. Galiley kashf qilgan. Diametri 4680 kilometr. Yupiterdan o’rtacha uzoqligi 1 million 884 ming kilometr, uning atrofini 16,689018 sutkada to’la aylanib chiqadi.

Batafsil o‘qish

KALLAKLASH

KALLAKLASH — keksaygan meva daraxtlarini yoshartirish (hosil berish davrini uzaytirish); 6-10 yillik asosiy shoxlarni 1 -1,5 metr yuqorisidan, ayrimlarini tanaga taqab kesish. Asosan, daraxtlarning tinim davri (Fevral—mart) da o’tkaziladi. O’rik, … Batafsil

Batafsil o‘qish

KALLAK

KALLAK — 1) biror asbobning bosh qismi (masalan, tsilindrlar kallagi); 2) gulbandlari qisqa bo’lgani uchun gulpoyaning yoki shoxchaning uchida to’planib o’sgan to’pgul (masalan, sebargada).

Batafsil o‘qish