Ko`histon
Ko`histon(tog`iston) – tog`lar o`lkasi, tog`li o`lka.
Ko`histon(tog`iston) – tog`lar o`lkasi, tog`li o`lka.
Ko`tarma — ikki izza oralig`idagi baland joy. Ko`pincha zahob, botqoq, izza joylarda turli inshoot, yo`l qurilishi maqsadlarida bunyod etiladi.
Ko`tarilma buloq — quvi ko`tarilib, «qaynab» chiqadigan buloq. Katta bosim ostidagi suvli qatlam eroziya natijasida ochilib qolishidan hosil bo`ladi. Ko`tarilma buloqlar daryo o`zanlarida, jarlarda, yonbag`irlarda uchraydi. Tektonik yoriq, siljiqlarda ham … Read More
Ko`tal — tog`lardan oshib o`tgan yo`l, pastroq dovon. Ko`tal so`zi tarixiy manbalarda, masalan, «Bobirnoma»da joy nomlari tarkibida uchraydi. Jizzax viloyatida O`zbekko`tal, Qozoqko`tal degan joylar bor.
Ko`sa yer — o`simlik o`smaydigan taqir, yalang`och yer.
Ko`r g`or – og`zi ochilmagan yoki nuroq jinslar, o`simliklar bilan berkilib ketgan tog`lar.
Ko`lmak (halqob) — kuchli yog`in, toshqin vaqtlarida chuqur, past, botiq yerlarni to`ldiradigan suv, grunt suvlari yer yuzasiga chiqib to`planib qolgan zax, botqoq yerlar.
Ko`rtosh — katta qismi mayda, g`ovak jinslar, suv, o`simliklar orasida ko`milib qolib, kichik qismi ko`rinib turgan yirik g`ulatosh, Ko`rtoshlar suvda kemalar qatnoviga, yo`llarda izsiz transport harakatiga qiyinchilik tug`diradi.
Ko`lanka — soya joy.
Ko`l temir rudasi – ko`lda hosil bo`ladigan temir rudasi. Ko`lga suv bilan oqib kelgan gil holidagi temir va organik moddalarning chuqishidan hosil bo`ladi. Ko`l temir rudasi bir oz miqdorda O`zbekistonning … Read More